Koreys tili bo'yicha xalqaro loyiha dasturi doirasida koreys tilini o'qitish Akademiyasi ko'magida "Markaziy Osiyo va Koreya: iqtisodiy va madaniy aloqalar" bo'yicha ishtirokida "O'zbekiston Respublikasida koreys tili va adabiyotini o'qitishning Lingvo-madaniy jihatlari" mavzusida universitet professor o'qituvchilari, tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrantlar uchun xalqaro ilmiynazariy seminar o'tkazilmoqda.

Tashkilotchilar: O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti (O'ZDJTU)

O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi Koreysshunoslik tadqiqot markazi

Ilmiy-nazariy seminarning vazifalari:

umumiy va kasb-hunar ta'limi o'qituvchilarining lingvistik, didaktik va pedagogik mahoratinini oshirish;

universitetlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va chet tillarini o'qitish sohasida ilg'or tajribalarni jalb etish;

kasb-hunar ta'limiga innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

Xalqaro ilmiy-nazariy seminar quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi:

Ko'p millatli muhitga tillar va madaniyatlarning ta'siri

* Koreys tili va adabiyotini o'qitish muammolari

Darslik va o'quv qo'llanmalarni ishlab chiqish tamoyillari: muammo va yechimlar

Ko'p madaniyatli muhitda koreys san'ati

Tarjima nazariyasi muammolari

Mutaxassislarni kasbiy tayyorlash sharoitida madaniyatlararo muloqot

* Koreya Respublikasi va O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy va madaniy aloqalari

Anjuman o'tkaziladigan sana: 25.05.2024

Anjuman o'tkazilish manzili: O'zbekiston, Toshkent sh., Kichik halqa ko'chasi 21A.

Anjuman tezislari va taqdimotlar uchun qo'llaniladigan tillar: koreys, o'zbek, rus, ingliz.

Ilmiy seminar materiallari ISBN, UDK, BBK indekslari va doi raqamli identifikatori bilan nashr etiladi va xalqaro ilmiy platforma Google-Schoolda joylashtiriladi. (Google Scholar)

Sertifikat: seminar ishtirokchilari sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Mas'ul ijrochilar: (+998) 90 0415460 (Svetlana Sergeevna Xan): (+998) 90 9292067 (Denis Yuriyevich Elkin)

"Markaziy Osiyo va Koreya: iqtisodiy va madaniy aloqalar" ilmiy-nazariy seminarida ishtirok etish uchun 01.05.2024 sanasiga qadar ariza yuborishingiz

so'raladi.

Elektron Pochta: KoreanStudiesUz@gmail.com

Seminarda ishtirok etish uchun ariza fayli ishtirokchining familiyasi bilan nomlanishi kerak: Kim_ariza; agar bir nechta mualliflar bo'lsa, unda birinchi muallifning familiyasi keltiriladi.

Eslatma: yalpi majlisda hisobotlar - 20 daqiqagacha, tanaffus sessiyalar oralig'ida -10 daqiqagacha. Muhokama paytida nutq so'zlash - 5 daqiqagacha.

Konferentsiya Zoom platformasida, onlayn va oflayn formatlarda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Seminar havolasi konferensiya arafasida yuboriladi.

NASHRGA QO'YILADIGAN TALABLAR

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti universitet o'qituvchilari, tadqiqotchilari, olimlari, doktorantlari va magistrantlarini O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Koreysshunoslik tadqiqot markazi ilmiy ishlari to'plamida nashr etishga taklif etadi.

Materiallar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- maqolaning nomi:

muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi;

- ish joyi:

- annotatsiya (o'zbek tilidagi maqolalar uchun-rus tilida Annotatsiya; rus tilidagi maqolalar uchun-ingliz tilida Annotasiya: koreys tilidagi maqolalar uchun-rus tilida annotasiya) (30-45 so'z),

- rus va ingliz tilidagi kalit so'zlar (1-ilovaga qarang).

1. Maqolalar quyidagicha formatda yoziladi: (rus, o'zbek, ingliz) shrift- Times New Roman, hajmi-14; shrift Batang, hajmi-12; satr oralig'i bitta, bir chiziqda turishi kengligi, barcha chegaralar 2 sm, xat boshi/ yorliq/xat boshi-1,25; sahifalar raqamlanmasligi kerak, tire (-) va chiziqcha (-) ni ajratish kerak.

2024-04-25 10-08

Our partners
Site map