• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli fakultetlararo ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4884-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 22-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida pedagog xodimlar va talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish orqali ularda ta’lim va ilm-fanga qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat.
Nomzodlarning nominatsiyalar bo‘yicha har biri nizom talablari asosida bajargan ishlarining samaradorligi va erishgan yutuqlari, yakka tartibdagi suhbat, test sinovlarida qatnashgan pedagog xodimlar va talabalar tanlov Hakamlar hay’ati tomonidan o‘rganib chiqildi va eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar keyingi respublika bosqichiga tavsiya etildi.
“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Toshboyev Olim Shoimovich– 1-o‘rin;
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston tarixi kafedrasi Djurayeva Nilufar Dalibayevna – 1-o‘rin;
“Eng yaxshi guruh murabbiysi” nominatsiyasi bo‘yicha Qosimova Nargis Sunnatovna – 1-o‘rin;
“Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasi bo‘yicha Nishanova Xafiza Vafokulovna - 1-o‘rin;
“Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Xalimova Charosxon Sherali qizi – 1-o‘rin;
Respublika bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar universitet rektori tomonidan pul mukofotlari va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi.

07 Iyul 2021
Chop etish
-->