• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

MUNOSАBАT

 

O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida magistraturaga qabul uchun mutaxasssislik fanidan 17-18 avgust kunlari test sinovlari o'tkazildi. https://t.me/magistrlarofficial telegram kanali obunachilaridan biri mazkur jarayonga eʼtiroz sifatida test sinovlari kompyuterda emas, qogʼoz variantda bo'layotganini, titulga belgilanmagani, inson omili aralashsa, korrupsiya yuzaga kelishi kabilarni keltirib o'tadi. O'zDJTU matbuot xizmati mazkur holatga quyidagicha munosabat bildiradi. 
Odatda jahon tajribasida test sinovlari uchun titulga ehtiyoj mavjud emas. Insho, esse yoki shunga o'xshash ismi-sharif aniq ko'rsatiladigan imtihon turlari uchun titul varagʼidan foydalaniladi. Testda esa bir necha variant mavjud bo'lib, talabgor tomonidan “А, B, C...”dan to'gʼri deb topilgan bitta variant belgilanadi. Talabgorning ismi-sharifi ko'rsatilishi jarayonga taʼsir etmaydi. Javoblar kalitlar orqali aniqlanadi. Аpellyatsiyaga ariza bilan murojaat qilingan taqdirda ham, belgilangan javoblarga qarab, variantlar ko'rib chiqiladi. Korrupsiyaga yo'l qo'yilmasligini oldini olish va shaffoflikni taʼminlash maqsadida test jarayonlari videoyozuvga muhrlanayotganini maʼlum qilamiz.

18 Avgust 2021
Chop etish
-->