• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

FILOLOGIYA VА TILLАRNI O‘QITISH (FRАNTSUZ TILI) VА TАRJIMА NАZАRIYASI VА АMАLIYOTI (FRАNTSUZ TILI) TА’LIM YO‘NАLISHLАRI TАLАBАLАRI DIQQАTIGА

Sizda Erasmus+ akademik almashinuv dasturi doirasida Serji Parij universitetida bir semestr davomida o‘qib kelish imkoniyati bor. O‘qish Versalь Аkademiyasi huzuridagi O‘qituvchilar tayyorlash oliy maktabida 2022 yil yanvaridan 2022 yil iyun oyiga qadar boʼladi.

Mazkur tanlovda qatnashishni xoxlovchi talabalar quyidagi tartibda 2 ta video material tayyorlashlari kerak:

Birinchi video materialning davomiyligi 3-4 daqiqa bo‘lib, unda nomzod o‘zining o‘qishi, kelgusidagi rejalari, Frantsiya universitetida o‘qishga qiziqishining sabablari va o‘qishdan keyin qanday faoliyat bilan shugʼullanishi to‘gʼrisida gapirib berishi kerak.

Ikkinchi videoda nomzod « Portrait chinois » stsenariysi bo‘yicha o‘zi to‘gʼrisida badiiy hikoya tayyorlaydi (nimalarni yoqtirishi, yoqtirmasligi, qanday ranglarni xush ko‘rishi va x.k.) Hikoya nomzodning o‘zi to‘gʼrisida badiiy to‘qima yaratish qobiliyatini sinashga qaratilgan. (3-4 daqiqa)

Tanlovda bakalavriat bosqichining 2, 3, 4 kurs va magistratura bosqichining 1 kurs talabalari qatnashishlari mumkin.

 

Videomateriallar 2021 yil 20 sentyabriga qadar quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

 

nishonov_69@mail.ru elektron pochtasiga yoki telegram orqali +99897 758 15 99 raqamli telefonga.

 

Murojaat uchun telefon:

Loyiha koordinatori P. Nishonov - +99897 758 15 99

07 Sentyabr 2021
Chop etish
-->