Nemis filologiyasi fakulteti O’zbekistonda germanistika sohasidagi eng keksa fakultetdir. 1948-yilda yangi tashkil qilingan chet tillar pedagogiga institutining alohida nemis tili fakulteti bo’lgan ushbu germanistik o’quv muassasa 1992-yildan boshlab O’zbekiston davat jahon tillari universiteti nemis filologiyasi fakulteti bo’lib qayta nomlandi. Har yili fakultetni 100 dan ortiq nemis tili oqitivchilari va germanistlar bitirishadi. Ular maktablarda, litsey va kollejlarda, institut va universitetlarda, ilmiy-tadqiqod institutlarida, nashriyotlarda, turistik buyrolarda, turli davlat va nodavlat idoralarda, qo’shma korxonalarda, chet el va Oz’bekiston elchixonalarida, shuningdek O’zbekistonda va chet ellardagi jamg’armalarda faoliyat ko’rsatib kelishmoqda.
Fakultetning asosiy maqsadi germanistika sohasida yuqori malakali mutaxasislar tayyorlashdan iborat. Ushbu maqsad ayniqsa Oz’bekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki yosh davlat O’zbekistonga, uning rivojlanishiga hissa qo’shadigan chet tilini o’zlashtirgan qobiliyatli yoshlar o’ta zarurdir.
Fakultet bakalavryat va magistraturadan iborat. Bakalavriyatda o’qish 4 yil magistraturada esa 2 yil davom etadi. Nemis filologiyasi fakulteti
• nemis tili fonetikasi va fonologiyasi;
• leksika va mamlakatshunoslik;
• grammatika va til tarixi;
• leksika va stilistika kabi 4 ta kafedradan iborat.
Fakultetning 50 ga yaqin professor va o’qituvchilari O’zbekistonning turli mintaqalaridan kelgan 600 ga yaqin talaba va magistrantlariga tahsil berib kelishmoqda.
Fakultetning o’qish jarayoni bilan bog’liq mazmun va shaklni o’qitish, tadqiqot va turli xildagi tadbirlar belgilaydi. Bu erda amaliy va nazariy fonetika, amaliy va nazariy grammatika, og’zaki va yozma nutq amaliyoti, til tarixi tipologiya, leksikalogiya, stilistika, nemis zabon mamlakatlar adabiyoti va mamlakatshunosligi kabi o’nlab mutaxassislik fanlaridan ma`ruzalar o’qiladi va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi.
Axborot resurs markazi yo’ldosh antenali video zal, DAAD lektoratining kutubxonasi, zamonaviy darsliklar bilan bir qatorda nemis tilidagi dolzarb gazeta va jurnallarga ega bo’gan nemis va avstriya o’quv zallari talabalarning doimiy ixtiyoridadir.
Nemis filologiyasi fakulteti butun O’zbekiston germanistikasi uchun bazaviy o’quv muassasasi hisoblanadi. Fakultet professor o’qituvchilari tomonidan yaratilgan o’quv dasturlari va rejalari, darsliklar va o’quv qo’llanmalari qo’llanilib kelinmoqda. Ayi kunda fakultet jamoasi letsey va universitet talabalariga mo’ljallangan darsliklar, yangi lug’atlar va nemis mualliflarining asarlaridan tarjimalar yaratish kabi loyihalar ustida ishlab kelishmoqda.
Fakultet qoshida butun O’zbekiston nemis tili o’qituvchilarini birlashtiradigan va ularning faoliyatini muofiqlashtiradigan O’zbekiston nemis tili o’qituvchilari assosiatsiyasi mavjud. Bu assosiatsiya O’zbekistonning turli o’rta va oliy o’quv yurtlarida ish boshlagan yosh nemis tili o’qituvchlari uchun malaka oshirish seminarlari tashkil etish bilan shug’llanib, ularning ishida nemis filologiyasi fakulteti o’qituvchlari faol ishtorok etib kelishmoqda
Fakultetda muntazam turli tadbirlar bo’lib o’tadi. Respublika til olimpiadalari, seminar va anjumanlar, she’riyat kechalari, nemis filmlari haftaligi, nemis tili do’stlari kunlari shular jumlasidandir.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan muntazam tashkil etib kelinayotgan turli dolzarb mavzulardagi tadbirlar, taniqli kishilar bilan uchrashular, madaniy va sport tadbirlari talabalar bilimlarini va dunyoqarashlarini yanada boyitadi.
Nemis filologizasi fakulteti chet el idoralari va hamkorlari bilan yaqin va keng qamrovli aloqalarni yo’lga qo’ygan. Bu eng avvalo Toshkentda joylashgan nemis tashkilotlari va strukturalarga taalluqlidir. Bu borada ayniqsa uzoq yillar fakultet binosida joylashgan Gyote instituti bilan hamkorlik muhimdir. Fakultetda ushbu institut bilan hamkorlikda turli mavzulardagi ma`ruzalar uyushtiriladi. Bundan tashqari fakultet o’qituvchilari uchun Gyote instituti orqali doimiy malaka oshirish imkoniyatlari mavjud. Gyote institutining Tolstoy kutubxonasida joylashgan nemis o’quv zali fakultet talabalari va o’qituvchlari uchun doimo ochiq.
Fakultetning navbatdagi xorijiy hamkorlaridan biri Germaniya Akademik almashuv xizmati-DAADdir. Ushbu jamg’arma 10 yildan beri fakultetda o’z lektoriga ega bo’lib, uning vazifasi birinchi navbatda ona tili o’qituvchisi sifatida a’lochi talabalar bilan ishlash, fakultet o’qituvchlari o’zining shaxsiy kutubxonasidagi darsliklar va metodik ishlanmalar bilan ta`minlash, shuningdek fakultetning madaniy hayotiga o’z hissasini qo’shishda iborat. Bundan tashqari DAAD lektori Germaniya va O’zbekiston o’rtasida talabalar almashuviga rahbarlik qiladi hamda fakultet talabalarini Germaniyada o’qish imkoniyati bilan bog’liq ma`lumotlar yuzasidan maslahatlar beradi. Har yili o’nlab fakultet talabalari Germaniyada til o’ganish, ta`lim olish va tadqiqod olib borish uchun stipendiyalar oladilar.
Fakultet uchun nemis universitetlari bilan hamkorlik dolzarb vazifadir. Keyingi yillarda ayqinsa Buhem shahrining Rur universiteti, Berlindagi Hubol universiteti Bonn va Hanburg universitetlari, shuningdek Avstriyaning Vena universiteti bilan aloqalar yo’lga qo’yilgan. Fakultetda nemis zabon mamlakatlar bilan yangi aloqalarni yo’lga qo’yish uchun harakatlar davom etmoqda.
Nemis filologizasi fakultetida Germaniya va Avstriya Shvetsariyadan kelgan talabalarning fakultetda amaloyot o’tashi keng yo’lga qo’yilgan. Ko’p hollarda filolog bo’lgan ushbu talabalar DAAD va ViA tashkilotlari orqali fakultetda amaliyot o’tashadi va ularning hayotiga o’z hissalarini qo’shishadi. Toshkent shahrida joylashgan Germaniyaning Konrad-Adenauer va Friedrich-Ebert jamg’armalari oz’larining turli tadbirlari bilan fakultetning muntazam mehmoniga aylanishgan. Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi esa fakultetning yaqin hamkori u birinch navbatda madaniy hamkorlik rivojlanish tarafdori va ayniqsa nemis madaniyati va tilini keng tarqatishdan manfaatdordir. Shu jihatdan Germaniya elchixonasi va Nemis filologizasi fakulteti maqsadlari bir-biriga monand. Shuning uchun fakultetda Germaniya elchixonasi tomonidan ko’plab tadbirlar o’tkizilib kelinmoqda. Natijada fakultetda o’qitish jarayoni yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. 2009 yilning sentyabr sentyabr oyidan boshlab fakultetimizda ikki nafar GFR lik nemis lektorlari o’z faoliyatlarini boshlashdi: DAAD lektori Annegret Beier (annegret_beier@mail.ru) va Robert Bosh jamg’armasi lektori Filipp Shliesser. Ularning ikkalasi 2 yil davomida fakultetimizda o’z ish faoliyatlarini olib boradilar.
Fakultet manzili:
700031,O’zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar Mirobod ko’chasi
tel (371) 256-16-42
E-mail: yussuf_ismoil@mail.ru
