Ozbekiston Davlat jahon tillari universitetining malaka oshirish fakulteti oz ishini Ozbekiston Respublikasining «Talim togrisidagi» Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 4 oktyabrь 400 - sonli qarorining malaka oshirish maskanlarida baj arilishi tahlili va yangi shakllarining samarasi hamda «Pedagogik kadrlar tayyorlashning ustuvor yonalishlari» maqsadli dasturini amalga oshirish haqidagi qarori, Oliy va orta maxsus talim vazirligining 10 oktyabrь 2003 yil kengaytirilgan Hayat majlisi qarori, va yana 2004 yil 20 may 145-son, 2004 yil 27 dekabr 302-son buyruqlari hamda universitet Ilmiy kengashi qarorlariga asoslangan holda ish yuritmoqda. Universitetimizdagi malaka oshirish fakulteti Respublika oliy oquv yurtlari va orta maxsus kasbiy talim sohalari, akademik liceylarda chet tili fanidan, yani ingliz tili, nemis tili, francuz tili, ispan tili, rus tili va adabiyoti, slovyan tili, lotin tili, lotin yozuvi asosidagi ozbek alifbosidan dars olib boruvchi professor - oqituvchilarining malakasini oshirishni dasturlarini amalga oshiradigan Ozbekiston Respublikasida kadrlar malakasini oshirish tizimining tuzilmaviy bo`linmasi hisoblanadi.
Malaka oshirish fakultetining tinglovchilari tarkibi respublikamiz oliy oquv yurtliri, akademik licey va kasb - hunar kollejlari professor-oqituvchilaridan tashkil topgan.
Malaka oshirish fakulteti bo`yicha 2ta shtat birligi mavjud:
1. Malaka oshirish fakulteti dekani - 0,5 hajm
2. Texnik kotiba - 1 hajm
Malaka oshirish fakultetiga dars berish uchun universitetimizning tajribali professor-oqituvchilari jalb qilinadi va ularga soatbay hisobidan oylik maosh tolanadi.
Malaka oshirish fakultetining yillik oquv rejasi yanvar oyidan dekabrgacha tuzilib, vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Oquv rejasi oliy o`quv yurtlari uchun 2+2 shaklda, akademik licey va kasb-hunar kollejlari uchun 1+3 shaklda tuzilgan.
2004-2005 yilgi oquv rejasida oliy oquv yurtlari professor - oqituvchilardan 354tasi, shundan 150tasi Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-oqituvchilari, akademik licey vaqituvchilar, jami: 500 ta professor-o`qituvchilar malakasini oshirdi.
kasb-hunar kollejlaridan 146 ta o
Otgan 2004-2005 oquv yilida oliy oquv yurtlaridan 353 kishi, bulardan kasb - hunar kollejlari va akademik liceylardan 98 kishi va qolgan 255 kishi oliy oquv yurtlaridan kelgan tinglovchilar o`z malakasini oshirib ketishdi.
Joriy yilning 3-chorak hisobotiga kora 294 ta tinglovchi malakasini oshirdi. Shulardan 45 tasi akadem licey va kasb- hunar kollej tinglovchilari, qolgan 249 ta tinglovchi oliy oquv yurtlaridan kelishdi.
Oquv muddati 4 hafta, yani 24 kunni tashkil etadi, oqish shakli ishdan ajralgan oylik maoshi saqlangan holda va oquv rejasi 144 soat xajmda olib boriladi.
Tinglovchilarga ijtimoiy fanlar va xorijiy tillarni oqitishdagi zamonaviy ilgor oqitish usullarini ozlashtirish, mahorat va konikmalarni uzluksiz egallab borishda universitetimizning eng tajribali, yuqori malakali professor - oqituvchilaridan ingliz tili fani boyicha f.f.n. (ingliz tili) A.T.Irisqulov, katta oqituvchi D. Gazieva, M.Xodjaeva, M.Saydullaeva, elita guruhi oqituvchilari S.Nurmatova, N.Muxammedova, M.Alimova, S.Irgasheva, xorijlik professor-oqituvchilar M. Benson, Metyu Makler, Audrya Zvara, Jefri Smet, f.f.n. dotsent (nemis tili) M. Sattorov, Fonetika kafedrasi mudiri dotsent Sh.Karimov, dotsent I. Aganyanc, A. Abdullaeva, F. Xakimova, f.f.n.dotsent (francuz tili) M.Nishonov, fonetika kafedrasi mudiri dotsent M.Ubaydullaev, leksika kafedrasi mudiri dotsent L.Abdushukurova, grammatika kafedrasi mudiri dotsent J.Yoqubovlar, rus tili fanidan rus tili kafedrasi mudiri professor M.Djusupov, dotsent T.Baratov, dotsent E.Lavrova, tarix fanidan kafedra mudiri professor D.Bobojonova, falsafa fanidan dotsent M.Baratova, pedagogika va psixologiya fanidan professor O.Musurmonova, axborot texnologiyalari fanidan kafedra mudiri dotsent M.Aliev, metodika fanidan kafedra mudiri dotsent L.Axmedova, I.Yoqubovlar yaqindan yordam ko`rsatmoqda.
Malaka oshirish fakultetiga kelgan tinglovchilarni yonalishiga qarab darslarga, kuzatuv darslariga, universitetimizning professor-oqituvchilarining seminarlariga va xorijlik professor-o`qituvchilarning konferenciyalarga jalb qilinadi.
Malaka oshirish fakultetiga kelgan tinglovchilarni muzeylarga, teatrlarga, konsertlaga olib borishga harakat qilinadi. Tinglovchilar universitetimiz kutubxonalari va o`quv zallaridan foydalanishadi.
Bundan tashqari bizning Malaka oshirish fakultetimiz boshqa Oliy oquv yurtlaridagi malaka oshirish fakultetlari bilan muntazam ravishda muloqotda bolib turamiz. Malaka oshirish fakultetimiz Ozbekiston davlat jahon tillari universitetining professor - oqituvchilarini ham har oyda boshqa oliy o`quv yurtlariga malaka oshirish uchun yubormoqdamiz.
Malaka oshirish fakultetimizda marifat-manaviyat darslari yuqori saviyada olib borilmoqda. Axborot texnologiyalari darslarida «Internet»dan qanday foydalanish kerakligi orgatib borilmoqda.
Malaka oshirishga kelgan tinglovchilar «internet»dan bepul, foydalanishlari mumkin. Til o`qitish markazi bilan bevosita aloqadamiz. Malaka oshirish fakultetiga kelgan tinglovchilar uchun bir oyda 4 marta har juma kunlari chet ellik mutaxassislar dars olib boradilar.
Joriy yilning 27 - 28 - 29 iyunь kunlari Universitetimiz ingliz tili professor-oqituvchilari hamda yosh iqtidorli oqituvchilarning «Britanskiy Sovet» bilan birgalikda «Ingliz tilini oqitishni yangi metodologik yonalishlarini organish» yuzasidan uch kunlik oqishni tashkil qildik.
Shuningdek, malaka oshirish fakultetiga boshqa oliy yurtlardan kelgan tinglovchilarning ozlarining maruza matnlari va metodik qollanmalari, multimedialari bilan dars jarayonida muhokama qilinadi. E’tiborga sazovor bolgan matnlarni universitetimizda tashkil etilgan «Filologiya masalalari» junlalida chop etiladi. Malaka oshirish fakultetida dars olib boruvchi professor-oqituvchilari tomonidan yaratilgan oquv qollanmalari va nemis filologiyasi fakulteti hamkorligida ish olib borayotgan Gyote, instituti bilan birgalikda yaratilgan oquv qollanmalari universitetimizga kelayotgan tinglovchilar uchun yangidan-yangi maruza matnlarini yaratishda foyda bermoqda. Ulardan qabul va bitiruv testlari olinadi. Tinglovchilar oqituvchilar tomonidan berilgan mavzu yuzasidan bitiruv ishi tayyorlashadi. Oquv muddati tugagandan song tinglovchilarga oqiganligi togrisida sertifikatlar beriladi. Ozbekiston davlat jaxon tillari universitetining malaka oshirish fakultetiga oliy oquv yurtlaridan, akademik licey va kasb-xunar kollejlaridan kelgan tinglovchilari o`quv yakunida sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.
