2010 yil - Barkamol avlod yili
Yangiliklar
Madaniyat va san'at bayrami

O`zbekiston Davlat jahon tillari universitetining frantsuz filologiyasi fakulteti katta zalida "3 may - jahon matbuoti va so`z erkinligi" kuniga bag`ishlangan madaniyat va san'at bayrami bo`lib o`tdi. Unda taniqli san'atkorlar, jurnalistlar, dramaturglar, xalqaro jurnalistika fakultetining professor-o`qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Bayram tadbirini xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A.Nurmatov ochdi. Zamonaviy matbuot taraqqiyotida so`z erkinligining ahamiyati xususida jahon jurnalistikasi nazariyasi, amaliyoti va tarixi kafedrasi professori B.Do`stqorayev ma'ruza qildi. Bayramga tashrif buyurgan mehmonlardan O`zbekiston xalq artisti O`zbek Milliy akademik teatri aktyori Tesha Mo`minov, O`zbekiston xalq artisti Munojot Yo`lchiyeva, dramaturg Erkin Xushvaqtov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Fatxulla Ma'sudovlar ijodkorlar faoliyatida so`zning ahamiyati xususida gapirib,  o`zlarining ijod namunalaridan ijro etdilar. Ayniqsa, O`zbekiston xalq artisti Tesha Mo`minovning monologi hamda Munojot Yo`lchiyevaning jonli ijro etgan o`zbek mumtoz qo`shiqlari  bayram ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbirda birinchi kurs talabalarining devoriy gazetalari o`rtasida tanlov ham bo`lib o`tdi. Hakamlar hay'ati tomonidan devoriy gazetalar o`rganib chiqilib, 1-o`rin 101-guruhning "Subhidam", 2-o`rin 102-guruhning "Talabalar bekati", 3-o`rin 104-guruhning "Spich of press" devoriy gazetasiga berildi.  Ayniqsa, bayram so`ngida "Shod" guruhi  tomonidan  ijro etilgan qo`shiqlarga barcha talabalar raqsga tushdilar. Jahon jurnalistikasi nazariyasi, amaliyoti va tarixi kafedrasi tashabbusi bilan o`tkazilgan ushbu bayram tadbiri yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Nazira Toshpo`latova
Talabalar ilmiy-amaliy anjumani:
"Internet xavfsizligi psixologiyasi"


      O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti "Siyosiy  menejment  va xalqaro jurnalistika" va "Pedagogika va pisixologiya" kafedralari hamkorligida "Internet xavfsizligi psixologiyasi" mavzuidagi talabalar ilmiy-amaliy anjumani o`tkazildi. Unda internetning hayotimizda tutgan o`rni, axborotlar oqimi, ijobiy va salbiy jihatlari haqida gapirib o`tildi. Anjuman davomida talabalar Kamola Ismoilova "Kompyuter ortidagi muammolar", Zulfiya Matvaliyeva "Axborot xavfsizligi, axborot xuruji va jurnalist psixologiyasi", Akbar Rahmatov "Kompyuter o`yinlari psixologiyasi", Mehriniso Boboyeva "Internet va undan foydalanish madaniyati", Sohiba Mullayeva "Global tarmoq: axborotning informatsion xarakteri va psixologik tajovuz", Nazira Boymurodova "Mobil aloqalarining inson hayotiga ta'siri", Yulduz Ismatova "Xorij filmlarining yoshlar ongiga ta'siri", Kamola Rahmonova 'Internet tarmoqlarida "texnik buzilish" muammolari", Mahliyo Otaboyeva "Internetdagi masofali ta'lim psixologiyasi", Gulruh Mengliyeva "Internet va milliy madaniyat muammosi", Sohiba Axunjanovalar "Globallashuv jarayonlarida axborot xavfsizligi psixologiyasi" mavzularida ma'ruzalar qildilar. Bunday anjumanlar talabalarning mavzuga doir bilim va qarashlarini oshirishga nafaqat xizmat qiladi, balki ilmiy yo`nalishda ko`nikmalarini shakllantirishga hissa qo`shadi.   
Ilhom Dilmurodov

-------------------------------------------------------------------------------------------------
Italyan tili bo`yicha didaktik kurslar treningi

Italiyaning Perudja universiteti italyan tili bo`limi boshlig`i Silvestrini Marchelloni universitetga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida joriy yilning 13-17 aprel kunlari italyan tili bo`yicha didaktik kurslar treningi o`tkazildi. Ushbu kurslarda universitet talabalari bilan birgalikda Buxoro davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida italyan tili bo`yicha tahsil olayotgan bo`lajak italyan tili o`qituvchilari ishtirok etishdi. Mazkur seminarda talabalar italyan tilini o`qitish bo`yicha so`nggi metodlardan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.  
X.Alimova

-------------------------------------------------------------------------------------------------
Ispan tilini o`qitishning zamonaviy uslublari

O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ispan filologiyasi fakultetida "Ispan tilini o`qitishning zamonaviy uslublari" mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman o`tkazildi. Ilmiy-amaliy anjumanda hozirgi zamon lingvistikasida jadal rivojlanib kelayotgan yangi yo`nalishlardagi tadqiqotlar, elektron darsliklarni yaratishning xususiyatlari, nazariy va amaliy fanlarga oid o`quv materiallari bilan ishlash kabi masalalar muhokama etildi. Konferensiyada ispan tili mutaxassislari, fakultetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar, aspirant va tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
G.Ergasheva

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
O'zDJTU
ASOSIY
Русский    |    English
2010 yil - Barkamol avlod yili

O'ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
Davomi