2010 yil - Barkamol avlod yili
Respublika til o'qitish markazi
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
O'zDJTU
ASOSIY
Русский    |    English
2010 yil - Barkamol avlod yili
    O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi respublika til o'qitish markazi 1991 yili Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tashkil topgan. Hozirgi kunda ushbu Markazda ingliz, rus, nemis, fransuz, ispan, xitoy, o'zbek va boshqa tillarni o'rganish mumkin.
    Har yili 1 avgustdan boshlab 3, 5, 10 oylik kurslarga tinglovchilar qabul qilinadi.

   O'quv yili davomida

  • 10 oylik kurslarga   - 1 marta
  • 5 oylik kurslarga     - 2 marta
  • 3 oylik kurslarga     - 4 marta

    Darslar haftasiga 3 marta 4 akademik soat miqdorida rejalashtirilgan. Tinglovchilarning bilim darajasi suhbat orqali aniqlanib, boshlang’ich, o'rta, yuqori bosqich guruhlariga ajratiladi. O'quv mashg’ulotlari tinglovchilarning istak va imkoniyatlariga qarab ertalab, kunduzi va kechqurun tashkil etiladi.
    Ta`lim davomida o'qish, tinglab tushunish, og’zaki va yozma nutq malakalariga o'rgatish kompleks ravishda olib boriladi. Mashg’ulotlarda audio-video materiallardan keng foydalaniladi.
    Kurslarni bitirib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikat beriladi. Agar 10 oylik kurslarni bitiruvchilar oliy ma'lumotli bo'lsalar, kursni bitirgach, o'z mutaxassisligi bo'yicha tarjimon bo'lib ishlash huquqini beruvchi sertifikat oladilar.

                                                                          TO'LOV MIQDORI

  • O'zbekiston fuqarolari uchun oyiga                           > 35.000 so'm
  • Chet el fuqarolariga:
  • Guruhda o'qish uchun oylik to'lov                                   > 225$
  • Yakka tartibda (individual) o'qish uchun                       > 350$
  • Kurslarning davomiyligi chet el fuqarolarining istaklariga binoan belgilanadi.
O'ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI