• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Djurayev Dusmurod Uralovich

Ilmiy darajasi va unvoni: Pedagogika fanlari doktori (DSc)

Lavozimi: Kafedra mudiri

Qabul vaqtlari: Har kuni (12:00-16:00)

Tel: +998941720080

Е mail: jurayevd@mail.ru

 

Kafedra tarixi

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasiga bugungi kunga qadar professorlar R.Nazarova, S.H.Fayzulina, O.Musurmanova, dotsentlar M.S.Zaharina, Sh.Halilovalar rahbarlik qilganlar. Ayni vaqtda kafedraga pedagogika fanlari doktori (DSc) D.U.Djurayev rahbarlik qilmoqda.

Kafedra professor-oʻqituvchilari umumuniversitet miqyosida “Umumiy pedagogika”, “Pedagogika”, “Umumiy psixologiya”, “Psixologiya” fanlaridan dars olib boradilar. Kafedraning etakchi professor-oʻqituvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4732-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashda ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.

OTM rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida ham “Ta’lim menejerining kompetentligi va kreativligi”, “Innovatsion ta’lim tehnologiyalari va pedagogik kompetentlik”, “Horijiy tillarni oʻqitishda innovatsion tehnologiyalar boʻyicha ilgʻor horijiy tajribalar” modullari boʻyicha ham dars olib bormoqdalar.

Kafedra Respublika mintaqalarida chet tillari mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagogika va psixologiya yoʻnalishlaridagi kafedralar uchun oʻquv-metodik jihatdan tayanch kafedra hisoblanadi. Kafedra ingliz tili – 1 fakulteti tasarrufida boʻlib, uning ilmiy salohiyati ayni vaqtda u 68% ni tashkil etadi. Jumladan, kafedrada faoliyat olib borayotgan 26 nafar professor-oʻqituvchining 3 nafari fan doktori, professor; 1 nafari fan doktori, dotsent; 9 nafari fan nomzodi, dotsent, 2 nafar PhD katta oʻqituvchi, 1 nafar katta oʻqituvchi va 10 nafar oʻqituvchilardan iboratdir.

Kafedrada faoliyat olib borgan va borayotgan professor-oʻqituvchilar nafaqat universitet miqyosida balki mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida oʻz oʻrnilariga egadir. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti yuqori va quyi palatalari deputatlari (O.Musurmanova, H.Ibragimov, O.Jamoldinova), Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari (O.Musurmanova, T.Norbaeva), hokimlik vakillik organlari mas’ul xodimlari (F.Abdurahimova, A.Jumaev), vazirlar (Gʻ.B.Shoumarov), OTM rektorlari (H.Ibragimov, Gʻ.B.Shoumarov, R.Qodirov) prorektorlar (S.H.Fayzulina, N.Ortiqov, D.Djurayev, O.Jamoldinova, N.Mamadov), Respublika vazirlik va idoralari mas’ul rahbar-xodimlari (T.Norbaeva, O.Musurmanova, I.Haydarov, O.Jamoldinova, F.Babashev), kafedra mudirlari hamda bo’lim boshliqlari (S.Yo’ldosheva, M.Jumaniyozova, A.Shamshetova, Sh.Halilova, B.Umarov, D.Roʻziyeva, M.Abdujabbarova, S.Atahanova, I.Haydarov va b.q.) lavozimlaridagi faoliyatlari orqali mamlakatimizni jahon miqyosidagi mavqeini oshirishda oʻz ulushlarini qoʻshib keldilar va kelmoqdalar.

Описание: C:\Users\fpb\Desktop\Новая папка\IMG_20170127_121052.jpg Описание: G:\rasm\photo_2017-02-03_12-45-17.jpg

 

Shuningdek, kafedra professor-oʻqituvchilari faoliyati keng qamrovli boʻlib, mamlakatimizda yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda ham oʻzlarining pedagogik va psixologik bilim, koʻnikma va malakalarini jamoatchilik asosidagi faoliyatlari orqali amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar.

Kafedrada davlat ilmiy-texnika dastur doirasida АL-412104512 raqamli “O`zbekistonning geografik ob`ektlari uchun ko`p tildagi electron lug`at yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha bajarilmoqda. Loyiha rahbari D.Djurayev.

Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:

1. Umumiy pedagogika.

2. Umumiy psixologiya.

3. Pedagogika

4. Psixologiya

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta mahsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi.

2. Oʻzbekiston davlat jahon tillar universiteti qoshidagi akademik litsey.

3. Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji.

4. Chilonzor tumani 178-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi.

5. OʻzMU qoshidagi Sirojiddinov nomli akademik litsey.

6. Toshkent davlat transport universiteti.

7. Buhoro davlat universiteti.

8. Samarqand davlat universiteti (pedagogika kafedrasi).

9. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi.

10. Yunusobod tumani 58-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi.

11. Chilonzor tumani 202-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi.

12. Uchtepa tumani 81-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi.

13. Uchtepa tumani, Oq machit MFY.

Kafedraning halqaro hamkorligi:

1. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali.

2. L.N.Gumilyov nomidagi Evroosiyo milliy universiteti.

 


Kafedralar:
-->