San'at

Joriy yilning 1 iyun sanasida O'zbekiston davlat san'at, madaniyat institutida Respublika talabalar teatr festivalining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
Festivalda universitetimiz talabalaridan iborat "Oltin davr ilhomlari" teatr studiyasi "Insonlikga nomzod" sahna asari bilan qatnashishdi.
Festival yakunida O'zbekiston davlat san'at, madaniyat institut yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor Mullajonov Davlat Mavlonovich so'zga chiqib "Talabalar tomonidan sahnalashtirilgan barcha sahna asarlari, juda ajoyib chiqganligi, festivalda sahnalashtirilgan har bir asar respublikamiz teatrlarida professional aktyorlar tomonidan ijro etilgan, xalqning ko'nglidan joy olgan asarlarni tanlaganligi uchun, teatrga qiziqayotgan muxlislarning, aktyorlar, ijodkorlarning paydo bo'layotganiga, teatrga muhabbat ortayotganidan faxrlangan holda hakamlar jamoasi nomidan rahmat aytib o'tdilar.
Festival yakunida jamoalar 6 nominatsiya bo'yicha taqdirlandilar:
1.Toshkent davlat stomatologiya instituti "Shifo" teatr studiyasi "Eng yaxshi spektakl" nominatsiyasi
2. Kamoliddin Bexzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti "Iqtidor" teatr studiyasi "Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini"
3. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti "Oltin davr ilhomlari" teatr studiyasi a'zosi Karimova Madina "Eng yaxshi ayol roli"
4. Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Yosh aloqachilar" teatr studiyasi a'zosi "Eng yaxshi erkak roli"
5.Moliya instituti "Moliyachi" teatr studiyasi "Eng yaxshi talabalar studiyasi"
6. Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti instituti "Navoiy vorislari" teatr studiyasi "Milliy an'ana va qadriyatlar tarannum etilgan eng yaxshi spektakl" nominatsiyalar sohibi bo'lishdi.
O'zDJTU Matbuot xizmati

Joriy yilning 7 iyun kuni O'zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti Yoshlar ittifoqi BT va Xorijiy adabiyot kafedrasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda 5ta muhim tashabbusning 1-qismiga bag‘ishlangan Vilyam Shekspir asarlari asosida xorijiy til va adabiyoti- 2 fakultetining 2- kurs talabalari tomonidan spektakllar sahnalashtirildi.
O'zDJTU Matbuot xizmati

16-noyabr xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahri Oliy ta'lim muassasalari qatnashishdi, bunda bizning O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti munosib qatnashib faxrli 3-o‘rinni egalladi

Tarjimonlik fakultetida ‘’Students' week’’ haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu haftalik besh kun davomida o‘tkazilgan bo‘lib, unda fakultet iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
Haftalikning yopilish marosimida faol qatnashgan va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar taqdirlandilar. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Rashid Norqulov so‘zga chiqdi va g‘oliblarga diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Shoirlik mahoratiga ega talabalar o‘zlarining go‘zal satrlari bilan bayram ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishdi. Haftalikning Sport kuni doirasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar oltin, kumush hamda bronza medallari bilan taqdirlandilar.