Turizm

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 3 февралдаги «Ўзбекистон Республикаси туризм салоҳиятини ривожлантириш учун қулай шарт-шароитлар яратиш бўйича қўшимча ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида»ги ПФ-5326-сон Фармони ижросини таъминлаш, шунингдек, ҳудудларни барқарор ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг энг муҳим омилларидан бири сифатида ички туризмни жадал ривожлантириш, фуқароларни мамлакатимизнинг маданий-тарихий мероси ҳамда табиий бойликлари билан таништириш мақсадида Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети инглиз тили биинчи факультети томонидан Наврўз байрами арафасида Тошкент вилоятида жойлашган Занги Ота зиёратгоҳига талабалар ва профессор ўқитувчиларнинг ташрифи амалга оширилди. Талабаларнинг дарсдан бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш ҳамда уларни ўлкамиздаги тарихий обидалар, муқаддас қадамжолар тарихи билан таништириш мақсадида уюштирилган ушбу саёҳатдан талабалар кўплаб маълумотлар олиш баробарида маънавий озуқа билан қайтдилар.
Талабаларга Занги Ота ҳамда у кишининг аёллари Анбар она ҳақида маъулмотлар берилди, зиёратгоҳнинг барпо этилиш арихи, унинг қайта реконструкция қилиниши ҳақида қизиқарли фактлар айтиб ўтилди. Шунингдек, зиёрат одоби ҳақида Занги Ота зиёратгоҳи ходимлари талабаларга тушунтириш бериб ўтдилар.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 martda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayoni 10-bandida belgilangan topshiriqlar Oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlarini mavzular bo‘yicha tegishli joylarda sayyor o‘tkazilishini ta’minlash to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 13 apreldagi 340 – sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida chiqarilgan 2019 yil 19 apreldagi 215-sonli universitet ichki buyrug‘i asosida O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha dars mashg‘ulotlarining kamida 30 foizi Toshkent shahridagi muzeylar, tarixiy obidalar, teatrlar, ziyoratgohlar va qadamjolar, jumladan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazildi. Xususan, 2019 yil 26-27 aprel kunlari O‘zbekiston tarixi kafedrasining professori D.Bobojonova, dotsent N.Babadjanova, katta o‘qituvchi M.Bazarova rus filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurib, “O‘zbekistonda sovet davlatining amalga oshirgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy siyosati va uning oqibatlari (1946-1991 yy.)” mavzusida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etishdi.
29 aprel kunlari O‘zbekiston tarixi kafedrasining katta o‘qituvchilari N.Toliboyeva va M.Bazarovalar rus filologiyasi va tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 1-bosqich talabalari bilan birgalikda Hazrati Imom majmuasi, Baroqxon va Ko‘kaldosh madrasasiga tashrif buyurib, “Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyot” mavzusida dars mashg‘ulotlarini olib borishdi.
Kafedra o‘qituvchisi N.Ubaydullayeva 30 aprel kuni ingliz tili 3-fakulteti 4-bosqich talabalari bilan Xotira maydoniga tashrif buyurishdi.
7 may kuni kafedra katta o‘qituvchisi N.Toliboyeva ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi va “O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish” mavzusida dars mashg‘ulotlarini tashkil etishdi.
10 may kuni kafedra katta o‘qituvchisi N.Toliboyeva tomonidan roman-german filologiyasi fakulteti talabalari bilan birgalikda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, mustaqillik yillarida diniy qadriyatlarning qayta tiklanishi mavzusida dars mashg‘ulotlarini tashkil etdi.
O'zDJTU Matbuot xizmati

Seminarda yaponiyalik vakillar turizm sanoatini rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, JTBning turizmni rivojlantirish bo’yicha maslahatchisi Kentaro Xayashi “Turizm sanoatining hozirgi holati” mavzusida; JTBning global biznesni rivojlantirish bo’limi boshlig’i Takayuki Suzuki “Turizm sanoati bilan tanishuv”, “Gid-ekskursovod faoliyatining asosiy jihatlari”; JTBning turizmni rivojlantirish bo’yicha maslahatchisi esa Shoko Usui “Barqaror turizmni rivojlantirishga ko’maklashish” mavzusida taqdimotlar bilan chiqish qildi.
Seminarning amaliy qismida ishtirokchilar “Mahalliy resurslarga asoslangan sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish” mavzusi doirasida fikr almashdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ma’lumot o’rnida: JTB korporatsiyasi – Yaponiyaning mashhur brendlaridan biri bo’lib, dunyoning 40ga yaqin mamlakatida 500dan ortiq fililallariga ega sayyohlik agentligi va xalqaro turizm bozorining eng yirik ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Korporatsiyada 29 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Agentlikning asosiy maqsadi madaniyatlararo kommunikatsiyani yo’lga qo’yish bo’lib, korporatsiya fikricha, bu jarayonda asosiy vosita sayohat qilish hisoblanadi. JTB korporatsiyasi turizm sohasida ish olib borish bilan birga o‘quv dasturlari ishlab chiqish, turizm sohasida tadqiqotlar olib borish, mehmonxonalar tizimini rivojlantirish bilan ham shug‘ullanadi. Korporatsiyaning maxsus maktablari bo‘lib, ularda malakali ekspertlar va mutaxassislar faoliyat olib boradi.
Manba: FLEDU.uz