Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 apreldagi “Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida “Eng yaxshi plakat” va “Eng exshi maqola” nominatsiyalaridagi respublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi №327-sonli buyrug‘i ijrosini amaga oshirish maqsadida Ingliz tili 3-fakultetida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar talablar aniqlandi hamda universitet bosqichida ishtirok etish uchun quyidagi talabalarning ijodiy ishlari tavsiya etildi:
1-o‘rin: Kurbonova Shaxlo, 2-o‘rin: Yusufjonova Aziza, 3-o‘rin: Gulboyeva Nasiba
O'zDJTU Matbuot xizmati

Joriy yilning 20 may kuni bir guruh universitetimiz talabalari birgalikda 199-imkoniyati cheklangan bolalar maktabiga tashrif buyurishdi.
"Maqsadimiz bolalarga ozgina bo’lsada mehr ulashish edi. Buning uchun biz talabalar yetarlicha mablagʻ to’pladik va ular uchun bayram sahnalari, raqslar, qiziqarli o’yinlar sahnalashtirdik. Biz maktabga kirib borarkanmiz, u yerdagi bolalarning ko’zlari bizni ko’rib quvonchdan porlab ketdi. Haqiqatda bu ko’zi charos bolalarda nogironlik belgilari yaqqol ko’zga tashlanib turardi. Lekin, ularning atrofimozda "opajon", "akajon" deb girdikapalak boʻlishlari, bizning ham yuragimizni sel qilib yubordi. Albatta biz ular uchun eng tansiq taomlardan osh tayorladik, taomimiz tayor bo’lguncha, biz ularga o’z chiqishlarimizni namoyish etdik. Ular uchun tayorlangan shartlarimizga bolajonlarimiz ham juda faol qatnashishdi. Shubhasiz ularda san’atga bo’lgan qiziqish, ya’ni iste’dod yaqqol ko’zga ko’rinib turardi. Shartlarda qatnashgan bolajonlarga biz o’z sovg’alarimizni ulashdik. Bayram oxirida biz ular uchun bir qancha kitoblar sovg’a qildik, hammamiz mazza qilib raqsga tushdik, esdalik uchun rasmlar oldik va birgalikda mazali oshni tanovul qildik va yana maktab hovlisida ular bilan ajoyib ashulalarni hirgoyi qildik, o’yinlar o’ynadik. Shunday qilib bayram zo’r bo’ldi, ular ham bizlar ham xursand bo’ldik. Biz bulardan zavqlangan holda, yana shunday xayrli ishlarni qilishda davom etishni niyat qildik".
"Aslida biz ularning ko’nglini ko’tarish, mehr ulashishni maqsad qilib olgandik, lekin ulardagi ko’tarinki ruhiyat, yuzlaridagi iliq tabassumni ko’rib hayron qoldik. Ular barcha sog’lom odam his etaolmaydigan qalb pokligi va hayotdan minnatdorlik tuyg’usini his qilib yashayotgani, biz talabalarni ulardan o’rnak olishga undadi. Aksincha biz ulardan pozitiv energiya oldik desam mubolag’a bo’lmaydi. Bularning barchasi uchun, ya’ni biz erkatoy talabalarni shu yo’lda birlashtirib, bizga shunday ajoyib g’oya bergan va shu savobli ishni amalga oshirishimizga turtki bo’lgan, mehribon va qattiqqo’l ustozimiz Maqsudova Nilufar opaga o’z minatdorchiligimizni bildiramiz!"
Xorijiy til va adabiyoti 1 - fakulteti talabasi
Isanova Gulmira

Жорий йилнинг 10 июнь куни ЎзДЖТУ жамоаси Яшнобод туманидаги “Маърифат” МФЙ ҳудудида жойлашган 30-сонли мактаб биносида ушбу мактаб битирувчи ёшлари билан учрашувда иштирок этди. Учрашув давомида ёшларга бугунги кунда юртимизда олиб борилаётган ислоҳотлар, ёшларга яратилаётган имкониятлар ҳақида сўз борди.
Шунингдек, ёшларни таълимга жалб қилиш, унинг моҳияти ҳақида алоҳида тўхталиб ўтилиб, ҳозирги кунда университетда ёшларга бу борада яратилган ўқув курслари, маҳорат дарслари, қолаверса ёшларнинг бўш вақтини мазмунли ва унумли ўтишини таъминлашга хизмат қиладиган спорт, маданият, китобхонлик ва яна бошқа тўгараклар ҳақида маълумот берилди.
Шунингдек, учрашув давомида ўқувчи ёшларга факультетлар ҳақидаги маълумотлар жамланган буклетлар тарқатилди.
Учрашувда иштирок этган ёшлар бунга жавобан ўз миннатдорликларини билдириб ўтишди.