Ta'lim

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida uch kun davom etuvchi “Ta’lim va mutaxassislik 2018” XVIII xalqaro an’anaviy ko‘rgazmasi ish boshladi. Ko‘rgazmaga umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollej va akademik litsey o‘quvchilari, abituriyentlar, talabalar va ularning ota-onalari, o‘quv muassasalarining vakillari tashrif buyurdilar.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu ko‘rgazmada mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari, xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ularning O‘zbekistondagi filiallari, nodavlat ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.
Bu galgi ko‘rgazma ham mamlakatimiz hamda dunyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridagi kasb va mutaxassislik yo‘nalishlari va davlatimiz tomonidan ta’lim sohasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirish, ularning kasb tanlashlariga yordamlashish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida yoshlarga ma’lumot berish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirga tashrif buyurgan ko‘plab xalqaro tashkilotlarning vakillari hamda mamlakatimizdagi chet elchixonalari rahbarlari ko‘rgazmaga yuqori baho berdilar. Xususan, Latviya Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi hamda Belarus Respublikasining yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchilari va Toshkentdagi Britaniya Kengashi raisi ochilish marosimida o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.
Bu tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham munosib ishtirok etmoqda va kelgusida aynan mazkur universitetda talaba bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘plab o‘quvchi yoshlarga universitet haqida ma’lumot bermoqda.
Manba fledu.uz

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги раҳбарлари иштирокида “Тараққиёт стратегияси” марказида Давлат дастури ижросига бағишлаб оммавий ахборот воситалари ходимлари учун матбуот анжумани ўтказилди.
Матбуот анжуманида олий таълим муассасалари талабаларининг қишки таътил кунлари, одатдагидек, 2018 йил 28 декабрдан 2019 йил 10 январга қадар давом этиши маълум қилинди.
Жорий йил 27 декабрь ОТМларда охирги ўқиш куни, 2019 йил 11 январдан ўқув жараёнлари бошланади.
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг
расмий телеграм канали

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Ingliz tili 3-fakulteti tomonidan "Shogirdimga 5ta kitob" shiori ostida kitob sovg‘a qilish aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Ingliz tili 3-fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalarga o‘z shaxsiy kutubxonalaridan jami 50 dan ortiq kitoblarni sovg‘a qilishdi.
O'zDJTU Matbuot xizmati

Joriy yilning 20-aprel sanasida O'zDJTU psixologi va xotin qizlar qo'mitasi a'zolari bilan 3 va 4 sonli TTJlarda talabalar bilan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Trening va uchrashuvlarni tashkil qilishdan maqsad, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga doir psixokorreksion ishlari amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
O'zDJTU Matbuot xizmati