Ta'lim

Joriy yilning 6 may kuni Buyuk Britaniyanig Oksford universiteti nashriyoti (Oxford University Press) vakillari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi va universitet rektori G.Rahimov bilan uchrashdi. Jumladan ushbu uchrashuvga Yaqin Sharq, Afrika va Markaziy Osiyo davlatlari bo’yicha rahbar Djuliya Till; tashkilotning hududiy boshqaruvchisi Martin Kurtis; Markaziy Osiyo bo’yicha rahbar Asila Baybatirova va tashkilotning Toshkentdagi direktori Riskul Ashumkanova tashrif buyurishdi.
Suhbat davomida mehmonlar universitet o’quv faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tomonlar ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan muzokaralar olib borishdi. Natijada joriy yilning 14-15 may kunlari mutaxassislar tomonidan navbatdagi trening bo’lib o’tishi rejalashtirildi. Ushbu tadbirga umumta’lim maktablari chet tili o’qituvchilari hamda Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari jalb etiladi.
Ma’lumot o’rnida: o’tgan yilning 27-28 noyabr kunlari Oxford University Press mutaxassislari Martin Kurtis va Aida Ishenbayeva ishtirokida trening tashkil etilgan bo’lib, unda O’zDJTUning ingliz tili o’qituvchilari hamda Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari qatnashgan edi; 120 nafar xalq ta’limi tizimi ingliz tili o’qituvchilari ishtirokida esa turli mavzularda taqdimotlar bo’lib o’tgan edi.
Manba: www.fledu.uz

Talabalik – oltin davr. Bu davrda o‘zaro tengdoshlari bilan raqobatda bilim olish, ilm cho‘qqilarini zabi etish, yangi do‘stlar orttirish, dunyoqarashni kengaytirib borish kelgusida yoshlarning o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishiga asos bo‘ladi. Talabalar o‘rtasidagi turli musobaqalar, shu jumladan, olimpiadalar ham, ana shunday muhim tadbirlardan sanaladi.
Joriy yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta bilimlar musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. 2019 yilning 13 – 14 may kunlari Ingliz tili umumkasbiy fanidan, 15-16 mayda nemis tili umumkasbiy fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shu sababli 12 may ertalab soat 8.00dan universitetda olimpiada ishtirokchilarini kutib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan olimpiadada ishtirok etish uchun yuborilgan talaba va ilmiy rahbarlar tashrif buyurishni boshlashdi. Universitetda ularning yashashlari uchun yetarli shart-sharoitlar hozirlangan.
INGLIZ TILI DASTURI | INGLIZ TILI MEZONI
NEMIS TILI DASTURI | NEMIS TILI MEZONI
O'zDJTU Matbuot xizmati

Bugun, 13-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bilimlar bellashuviga start berildi.
2019 yilning 13 – 14 may kunlari Ingliz tili umumkasbiy fanidan, 15-16 mayda nemis tili umumkasbiy fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o’rnida, mazkur olimpiadada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan talabalar ishtirok etmoqda.
Manba: www.fledu.uz

2019 yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qozog‘istonning yurtimizdagi elchixonasi hamkorligida “Qozog‘iston ta’lim kunlari” deb nomlangan ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.
Mazkur ko‘rgazmada ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari Qozog‘istondan kelgan oliy ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari bilan o‘zaro turli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish borasida muzokaralar olib borishdi.
Eslatib o'tamiz “Qozog‘iston ta’lim kunlari” ko‘rgazmalari shu yilning 10-21 may kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Nukus shaharlarida bo‘lib o‘tadi:
- Toshkent shahrida 10-11 may kunlari Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 45-uy) da;
- Samarqand shahrida 13-14 may kunlari Yoshlar markazida;
- Qarshi shahrida 15-16 may kunlari Yoshlar markazida;
- Buxoro shahrida 16-17 may kunlari Yoshlar markazida;
- Nukus shahrida 20-21 may kunlari Yoshlar markazida.
Ko‘rgazmalar soat 10:00dan 17:00gacha faoliyat ko‘rsatadi. Ularda Qozog‘istonning 40 dan ortiq OTM vakillari ishtirok etadi.
Tadbirlarda Qozog‘iston Respublikasining oliy ta’lim bo‘yicha imkoniyatlari namoyish etilib, mamlakatning yetakchi ekspertlari tomonidan taqdimotlar o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmalarga kirish bepul, unda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.
O'zDJTU Matbuot xizmati