Ta'lim

Kelajak avlodning barkamol voyaga yetishi, mamalakatning ravnaqi bardavom ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasida amalga oshiralayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlarning chek-chegarasi yo’qligi insonni quvontiradi. Ana shunday amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni yaqindan tanishtirib borish, ularni ham kelajakda yurtimiz ravnaqi, mamlakatimiz rivoji yo’lida o’z hissasini qo’sha oladigan kadr bo’lib yetishishlari uchun ko’prik vazifasini barajib beradi.
Yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida joriy yilning 23 may kuni universitetimizda akademik litsey, umumiy o’rta ta’lim maktablari bitiruvchilari, abiturientlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi.
"Ochiq eshiklar kuni"ning dastlabki qismida o'quvchilar uchun axborot-tanishtiruv tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining o'quv ishlari bo'yicha prorektori Madrahimov Tulabay Abdukarimovich tomonidan kirish so'zi bilan ochib berildi. Tadbir davomida so'zga chiqganlar, xorijiy til va adabiyoti 3 - fakulteti dekani Kulmatov Baxrom Kulmatovich, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo'limi boshlig'i Ataxanova Sayyora Otkurovnalar tomonidan o‘quvchilarga universitetda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda 2019-2020 o‘quv yili uchun abituriyentlar qabuliga tayyorgarlik, mavjud ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o'tildi.
Tadbir davomida universitet Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Sharipov Sardor Shavkatovich tomonidan universitetda Yoshlar Ittifoqining o'rni, universitetimiz iqtidorli va faol talabalarining shartnoma to'lovlariga Yoshlar Ittifoqi tomonidan mablag' yo'naltirishga tavsiya berilganligi hamda bajarilayotgan ishlar to'g'risida bir qancha ma'lumot berib o'tdilar.
Tadbir davomida universitetimiz talabalari tomonidan xorijiy tillarda universitetimizdagi ta'limga e'tibor, qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda grantlar to'g'risida ma'lumot berildi.
"Ochiq eshiklar kuni"da tashkillashtirilgan axborot-tanishtiruv tadbirida akademik litsey va umumiy o’rta ta’lim maktablari bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari tomonidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Tashrif davomida o’quvchilar universitetning yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar , diqqatga sazovor joylari jumladan, axborot resurs markazi, talabalar turar joyi, sport komplekslari bilan yaqindan tanishib kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
O'zDJTU Matbuot xizmati

Joriy yilning 23-may kuni Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti (SISU)ning delegatsiyasi O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlar SISU prorektori Yan Li hamda mazkur universitet professori Yan Bo O’zDJTU rektori G’anisher Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O’zDJTU va SISUda xorijiy tillarni o’qitishni takomillashtirish, yangi avlod o’quv adabiyotlarini hamkorlikda yaratish, ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish kabi bir qator masalalarni muhokama qildilar.
Manba: www.fledu.uz

Joriy yilning 25 may kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida barcha OTMlar rektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘lish Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zMUda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuvda soha oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi
– Xalqimiz va Prezidentimiz bizdan oliy ta’limni zamonaviy talablar darjasida tashkil etish, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur malakali kadrlar tayyorlashni kutmoqda, – dedi Inom Majidov rektorlar bilan muloqotda. – Bu talabni bajarish, xalqaro tajriba va yoshlarimiz talab-istaklari asosida oliy ta’lim olish tizimini yo‘lga qo‘yish uchun sidqidildan mehnat qilish, barcha sa’y-harakatlarimizni o‘z farzandimiz uchun qilayotgandek amalga oshirishimiz lozim.
Yig‘ilishda OTMlar va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, OTM rektorlar va prorektorlari shaxsan o‘quv jarayonlari bilan muntazam tanishib borish, o‘qituvchilarning darslarini kuzatgan holda, OTMlar ilmiy kengashlarida muhokama qilish, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini baholab borish mexnazimini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
Har bir OTMning 2030 yilgacha rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish, bunda ilmiy salohiyatni oshirish, OTM moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish, talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.
Inom Majidov dars mashg‘ulotlarni o‘tishda an’anaviy usullardan voz kechish payt kelganligi, mashg‘ulotlarni zamonaviy pedtexnologiyalar asosida AKT imkoniyatlaridan faol foydalangan holda qiziqarli tashkil etish lozimligi; darslarni, eng avvalo, talabalarni faollikka undaydigan, ularni mustaqil ishlashga o‘rgatadigan tarzda o‘tkazish keraklini aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda OTMlarda eng muhim bo‘g‘in sanaluvchi kafedralar ishini takomillashtirish masalasi muhokama qilindi. Rektorlar kengashi raisi Bahodir Xodiyev “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda kafedra mudirlarini ilg‘or xorijiy tajribalarini o‘rganishlari uchun chet elga stajirovkaga yuborish mexanizimini ishlab chiqishni o‘z zimmasiga oldi.
Muhokamalarda OTM rektorlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yilning 19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan beshta muhim tashabbus bo‘yicha ishlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Xususan, OTMlarda talabalarga ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish imkoniyatini kengaytirish, ular o‘rtasida birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan teatr studiyalari, badiiy jamoalar, havaskor truppalarni tuzish, ularni qo‘llab-quvvatlash tavsiya qilindi.
Manba: Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilinib, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qolaveradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilingan va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.
Bular quyidagilar:
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha.
To‘rtinchi tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha.
Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, tegishli sohalar ishtirokida amalga oshirib boriladi.
Shu munosabat bilan O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Prezidentimizning To‘rtinchi tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimiz tabiiy fanalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joylariga bir qancha badiiy kitoblar sovg'a qilindi.
O'zDJTU Matbuot xizmati