Ta'lim

Oʻqishni koʻchirish (perevod) masalasida
#oʻqishnikoʻchirish
Koʻpchilik bir taʼlim shaklidan boshqasiga oʻqishni koʻchirsa boʻladimi deb soʻrashmoqda. Masalan, kunduzgidan kechkiga, sirtqidan kunduzgiga va h.k.
Ha, bir taʼlim shaklidan boshqasiga oʻqishni koʻchirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir koʻrib chiqamiz.
✅ KUNDUZGI taʼlimdan quyidagilarga koʻchirish ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki (smenali).
❌ Kunduzgi taʼlimdan maxsus sirtqi va qoʻshma taʼlim dasturiga koʻchirib boʻlmaydi.
✅ SIRTQI taʼlimdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki.
❌ Sirtqi taʼlimdan maxsus sirtqi va qoʻshma taʼlim dasturiga koʻchirib boʻlmaydi.
✅ KECHKI taʼlimdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• kechki taʼlim (faqat bir taʼlim sohasi doirasida).
❌ Kechki taʼlimdan sirtqi, maxsus sirtqi va qoʻshma taʼlim dasturiga koʻchirib boʻlmaydi.
✅ MAXSUS SIRTQI taʼlimdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• maxsus sirtqi;
❌ Maxsus sirtqi taʼlimdan sirtqi, kechki va qoʻshma taʼlim dasturiga koʻchirib boʻlmaydi.
❌ QOʻSHMA TAʼLIM DASTURIDAGILAR hamda MAQSADLI QABUL qilinganlar boshqa taʼlim yoʻnalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa OTMga koʻchira olmaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot:
➖ Xorijdan oʻqishni koʻchirish
➖ Oʻzbekistondagi davlat OTMlaridan oʻqishni koʻchirish
➖ Oʻzbekistondagi nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish

Qabul 2021-2022 Ko'zi ojiz abituriyentlar uchun fanlar dasturi va baholash mezoni.
O'zbek tili va adabiyoti: https://drive.google.com/file/d/19pUc4PHJKW4H5_jIITPQqp2EmbARxsvS/view?usp=sharing
Rus tili va adabiyoti: https://drive.google.com/file/d/1_tJAwr4lU6c81WxInqZ6WE6HF4jUJ5_k/view?usp=sharing
Matematika: https://drive.google.com/file/d/1AgXPvgQKpJD5GPEGnInLasZ1kQ7rBvUE/view?usp=sharing
Chet tili: https://drive.google.com/file/d/1Qe2JJHBkGwK0AP7izE4v6woM8fLu8KkK/view?usp=sharing
Fizika: https://drive.google.com/file/d/1Cdj3u6o96dXTNmKEphvNROMQXiT3rZ6x/view?usp=sharing
Tarix: https://drive.google.com/file/d/1YnDe8WZKN6k-9cnJ0bS1j_kUGCV57Tp7/view?usp=sharing
Kimyo: https://drive.google.com/file/d/1kfiD2xkL4oVgLTayQe1BAUArC7xShhJG/view?usp=sharing
Geografiya: https://drive.google.com/file/d/1zYPC2Irremk9tzsVOsXmkRhSQN4W2zqf/view?usp=sharing
Biologiya: https://drive.google.com/file/d/1M4eRzKPUNubQIyr-AwvW0FV-_RbVbexW/view?usp=sharing

O‘Z USTIDA ISHLASH – MUVAFFAQIYATLI TAJRIBA GAROVI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Doktorantlar uyushmasi”da 2021-yil 27-sentyabrdan 04-oktyabrga qadar, an’anaga muvofiq, har 3 oyda yo‘lga qo‘yilgan doktorantlarning navbatdagi hisobot-taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Boqiyeva Gulandom Hisomovna tashabbuslari bilan yo‘lga qo‘yilgan mazkur taqdimot bu gal ham o‘zgacha tusda mazmunga boy bo‘ldi.
Hisobot-taqdimotini, odatdagidek, ilm rahnamosi professor G.H. Boqiyeva o‘z iliq so‘zlari bilan tadqiqotchi-doktorantlarga omad tilab, kelgusi ishlarga ruhlantirgan holda ochib berdilar. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G.Q. Ergasheva hamda uyushma raisi 1-bosqich (DSc) doktoranti K.Sh. Muradkasimova boshchiliklarida bir hafta davom etgan taqdimotda 34 ta (PhD) tayanch doktorant, 2 ta mustaqil izlanuvchi va 2 ta (DSc) doktorantning hisobot-taqdimoti savol-javob, bahs-munozaralar asosida qizg‘in muhokama qilindi. Unda aksariyat ilmiy rahbarlar ham ishtirok etib, taqdimotchilarga qimmatli yo‘llanma, maslahatlar berib borishdi. Bu gal taqdimotchi sifatida ishtirok etgan mustaqil izlanuvchilar ham mazkur tajriba maktabi amaliyotidan kerakli xulosalar chiqarishdi. Ma’lumki, hisobot-taqdimotidan ko‘zlangan asosiy maqsad: tadqiqotchilarni turli seminar va himoya jarayonlariga ruhan tayyorlab, ilm minbari mas’uliyati, amalga oshirilgan ilmiy yangiliklarni asoslash ko‘nikmasini shakllantirish borasida faol bo‘lishlari uchun bir tajribadir. Har bir taqdimot so‘ngida qiziqarli tus olgan savol-javob va takliflar berishdagi faollik borasida tayanch doktorantlar bir-birlaridan qolishmay, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Olimlar, ziyolilar bir-birini mana shunday qo‘llab, ruhan madad berib turishi natijasida O‘zbekiston dunyo miqyosidagi munosib o‘rnini egallashi tabiiy. Zero, yurt taraqqiyoti beixtiyor ziyolilar, ustozlar amaliyotiga bog‘liq. M. Barres ta’kidlaganidek: “Har bir odamga muayyan bir faoliyat turi hamroh bo‘ladi, bu faoliyat uni jamiyat uchun foydali kishiga aylantiradi va ayni paytda unga baxt keltiradi”. Shunday ekan, ilm faqatgina o‘z sohibini emas, balki u yashayotgan davr, xalq, Vatanni ham saodat sari yetaklashi shubhasiz.
2-bosqich tayanch doktoranti
Dedaxanova Muazzam

O'zDJTUda ilmiy tadqiqot institutlarining taqdimotlari bo'lib o'tdi
Joriy yilning 15-aprel kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorati faollar zalida yangi tashkil qilingan ilmiy tadqiqot institutlarining taqdimotlari o'tkazildi.
Mazkur tadbir davomida universitet o‘z oldiga qo‘ygan ustuvor yo‘nalishlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, ularni sifatli amalga oshirish, ilm-fan va ta‘lim sohasini taraqqiy ettirish, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma‘naviyatga ega bo‘lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash uchun tashkil etilgan jami 8 ta yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati o‘rganildi va baholandi.
Ma‘lumot uchun, quyidagilar O‘zDJTU qoshida tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot universitetlari nomlari:
1. "Nazariy va amaliy lingvistika" ilmiy-tadqiqot instituti;
2. "Adabiyotshunoslik" ilmiy-tadqiqot instituti;
3. "Tarjimashunoslik" ilmiy-tadqiqot instituti;
4. "Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi" ilmiy-tadqiqot instituti;
5. "Media va kommunikatsiya" ilmiy-tadqiqot instituti;
6. "Ekologiya" ilmiy-tadqiqot instituti;
7. "Validatsiya" ilmiy-tadqiqot instituti;
8. "Ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish" ilmiy-tadqiqot instituti.