• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Kuzatuv kengashining birinchi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kuzatuv kengashining birinchi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishni kuzatuv kengashi raisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b Sanjar Obidov olib bordi. Majlisda oliy ta’lim muassasasining uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni belgilash, oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish va uning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal etish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda kun tartibiga qo‘yilgan muhim masalalar ko’rib chiqildi.

29 Yanvar 2022
Chop etish
-->