• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Oʼzbekiston xotin-qizlarining ilm-fan taraqqiyotiga qoʼshayotgan hissasi

Kuni kecha universitet xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Oʼzbekiston Xotin-qizlar “Olima” uyushmasi, tadqiqot.uz Xalqaro ilmiy jurnallar portali hamkorligida “Oʼzbekiston xotin-qizlarining ilm-fan taraqqiyotiga qoʼshayotgan hissasi” mavzusida online xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya oʼtkazildi. Konferentsiyada Oʼzbekiston Xotin-qizlar “Olima” uyushmasi raisi, tarix fanlari doktori, professor R.H.Murtazaeva, Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Sookmyung ayollar universiteti siyosiy fanlar va xalqaro munosabatlar boʼyicha falsafa doktori D.Shavqiddinova, OʼzDJTU “Olima” uyushmasi raisi, tarix fanlari doktori, professor D.B.Bobojonova, TDTU Oʼzbekiston tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor, R.E. Xoliqova, TIQXMMI Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Sh.M.Oʼljaeva, Kanadadagi British Columb universiteti tadqiqotchisi Dilsora Komil, Oʼzbekiston Milliy universiteti tarix fanlari nomzodi, dotsent, S.А. Zohidova kabi olima ayollar maʼruza qilib, Yangi Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda ayollar ijtimoiy faolligini oshirish, ilm-fan taraqqiyoti, fan-texnika va innovatsiyalar samaradorligini taʼminlashga olima ayollarning qoʼshayotgan hissasi, xotin-qizlar huquq va manfaatlarining himoya qilinishi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishi ekanligi, ayol maʼrifatining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati borasida oʼz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Аnjuman yakunida maʼruzachilarning ilmiy xulosa va takliflari asosida tavsiyalar ishlab chiqildi.

14 Aprel 2022
Chop etish
-->