• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan ,,Adibni xotirlabʼʼ nomli tadbir oʻtkazildi

Joriy yilning 25-aprel kuni Axborot-resurs markazida ingliz tili 2-fakultet talabari ishtirokida oʻzbek xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68-yilligi munosabati bilan ,,Adibni xotirlabʼʼ nomli tadbir boʻlib oʻtdi.

 Tadbirda talabalar shoirning hayoti, ijodi, yozgan asarlari haqida oʻzbek va ingliz tilida soʻzlab berishdi. Muhammad Yusufning ,,Onaʼʼ ,,Vatanʼʼ ,,Biz baxtli boʻlamiz ʼʼ ,,Mehr qolur muhabbat qolur ʼʼ ,, Oʻzbekistonʼʼ sheʼrlarini yoddan aytishdi. Shoir hayotiga bagʻishlangan videorolik namoyish etishdi.

Tadbir soʻnggida shoirning sheʼrlaridan eng koʻp yod olgan talabalarga Axborot-resurs markazi tomonidan badiiy adabiyotlar sovgʻa qilindi.

 

26 Aprel 2022
Chop etish
-->