• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

“KOREYS TILINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK KASBIY KOMPETENSIYA MUAMMOLARI” ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILADI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan 2022-yil 17-may kuni “Koreys tilini o‘qitishda pedagogik kasbiy kompetensiya muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin. Konferensiya materiallari elektron to‘plam tarzida nashr etiladi.

Ilmiy maqolalar to‘plamiga DOI raqam beriladi va konferensiyaning barcha ishtirokchilariga sertifikat taqdim etiladi.

 

Anjuman maqsadi va vazifalari:

  • Sharqshunoslikning filologiya, metodologiya, tarix, tilshunoslik, lingvokulturologiya, tarjimashunoslik sohalaridagi ilmiy muammolari yuzasidan fikr almashish;
  • O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish;
  • O‘zbekiston bilan Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy o‘rganish va amaliy takliflar ishlab chiqish;
  • filologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Yosh olimlarning malakasini oshirish;
  • Sharqshunoslik va filologiyaning dolzarb masalalari boʻyicha hamkorlik olib boriladigan ilmiy mavzularni belgilagan holda xalqaro darajadagi ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
  • Yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston va Koreya fan va ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar, innovatsiyalar haqida yangi ma’lumotlar olish.

Anjuman quyidagi sho‘balarda ish yuritadi:

  • Koreys tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodlari
  • Qiyosiy tilshunoslik
  • Pedagogika
  • Til o‘qitish metodikasi
  • Tarjima mahoratida o’qitishning samaradorligi
  • Lingvokulturologiya
  • Maktabgacha ta’lim tizimi: o‘qitish metodikasi

Anjuman materiallari quyidagi mavzularni qamrab oladi:

  • Zamonaviy koreys tilining o‘qitishda pedtexnologiyalardan foydalanish
  • Sharq tillarida o‘qitishning samaradorligi
  • Ko‘p madaniyatli dunyo makonida chet tillarni o‘qitish
  • Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari
  • Tarjima metodining o‘ziga xos xususiyatlari

Anjuman materiallari toplamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:

Materiallar ilmiy maqolalar shaklida o‘zbek, rus, ingliz, koreys tillarida elektron tarzda (Times New Roman shrifti, 14 kegel, 1,5 interval oralig‘ida o‘rtacha 4-6 bet hajmda)  topshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilmiy adabiyotlardan havola(snoska)lar har bir sahifa ostida bo‘lishi kerak. Annotatsiya (70-100 so‘zdan iborat) va kalit so‘zlar (5-10 so‘zdan iborat) 2tilda: ingliz tili va maqola yozilgan tilda bo‘lish kerak (namunada  ko‘rsatilgan).

Maqolalarning har sahifasi uchun professor-o‘qituvichlar uchun 20 000 sum, talabalar va mustaqil izlanuvchilar uchun 10 000 sumdan to‘lov quyidagi plastik karta raqamiga pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi: 8600030496768049

Tashkiliy qo‘mita ilmiy maqolalarni saralash huquqiga ega.

Ilmiy maqolalar 2022-yil 10-maygacha qabul qilinadi.

Anjuman materiallarini yuborish uchun elektron manzil: ugiloy2288@gmail.com

Bog‘lanish uchun telefon raqam: +998974807288  
Telegram manzil:  +998974807288 (@Ugiloy_7288)
Konferensiyaga tegishli materiallar quyidagi sahifada berib boriladi.
https://conference.fledu.uz/problems-of-pedagogical-professional-competence-in-teaching-korean-language/

27 Aprel 2022
Chop etish
-->