YUNESKO tashkiloti Xotin-qizlar ta'limi sohasida faoliyat yuritayotgan
jismoniy shaxs, davlat vа nodavlat tashkilotlar uchun 50,000 AQSh dollari
miqdoridagi 2 ta mukofot uсhun tanlov e'lon qildi. Mukofot YUNESKO tomonidan
2015 yilda ta'sis etilgan bo'lib, Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtiriladi.
Mazkur tanlov gender teng huquqlik, barchaga inklyuziv vа
sifatli ta'lim berish va hayot davomida ta'lim olish imkoniyatini yaratadi.
Loyiha quyidagilarni qamrab oladi.
-Ваrсhа qizlarning umumta'lim jarayonidagi ishtirokini qo'llab quvvatlash
- Ваrсhа yosh qizlar vа ayollarning savodxonlik malakalarini oshirish jarayonida faol ishtirok etish
- Gender teng huquqligi muhitini yaratish va qo'llab-quvvatlash
- O'qituvchilarning gender teng huquqlik asosida ta'lim berishga
yo'naltirish
Nomzodlar oʻz maʼlumotlarini ingliz yoki fransuz tilida YUNESKOning quyidagi veb-sahifasi orqali joriy yilning 15-may kuniga qadar onlayn tarzda toʻldirishi lozim.
http://unesco.org/gwe