• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

“Zamonaviy ta’lim modernizatsiyasi: nazariya va amaliyot” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Kuni kecha universitet bosh binosi zalida “Zamonaviy ta’lim modernizatsiyasi: nazariya va amaliyot” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

 

Konferensiyada TDPU professori, pedagogika fanlari doktori Xalikov A’zam, geografiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori Anvar Rasulov, TerDU professori, pedagogika fanlari doktori M.Shamirzayevlar mehmon sifatida taklif qilindi.

 

 Konferensiyaning yalpi majlisida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Jumaniyozova Muhayyo Tojiboyevna, Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, PhD Abduvaliyeva Dilsora Nodirjon qizi, AndMI “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, PhD I.M.Sirojiddinova, Andijon viloyati XTXQTMOHM, PhD Q.M.Azizova ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 

 Konferensiya ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

21 May 2022
Chop etish
-->