Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining 2022-yil 7-apreldagi 08-942-sonli topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi 16-sonli maktabda universitetimiz tomonidan "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi.
Tadbirda universitetimiz fakultetlarining burchaklari, psixologik treninglar tashkil etildi, iqtidorli talabalarimiz tomonidan sahna koʻrinishlari, kuy-qoʻshiqlar ijro etildi, maktab oʻquvchilari oʻrtasida savol-javoblar boʻlib oʻtdi.
Bayram yuqori kayfiyatda davom etdi. Tadbir yakunida universitet rektori Ulugʻbek Azizov tomonidan maktab oʻquvchilariga estalik sovgʻalari topshirildi.