• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

UzDJTU va Chilonzor tumanidagi 178-ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi hamkorlikda tadbir tashkillashtirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 24-may kuni OʻzDJTU va 178-sonli umumtaʼlim maktabi bilan hamkorlikda "Hammasi Buyuk Britaniya haqida" (All about the Great Britain) mavzusida debat boʻlib oʻtdi.

Bellashuvda maktabning 10-sinf oʻquvchilaridan tashkil topgan "Everest" va "Bottle of water" jamoalari 4 shart boʻyicha oʻz bilimlarini sinadilar.

 Hakamlar hayʼati qaroriga koʻra "Bottle of water" birinchi, "Everest"jamoasi esa ikkinchi oʻringa loyiq deb topildi.

Malumot oʻrnida, tadbirda universitetning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat oʻqituvchilar hakamlar hayʼati aʼzolari sifatida ishtirok etishdi.

Tadbir juda qiziqarli va bahs-munozaralarga boy boʻldi. Yakunda gʻolib jamoaga universitetning diplomlari va oʻqituvchilarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

25 May 2022
Chop etish
-->