• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Turkiyaning Kavkaz universitetlari uyushmasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun universitet axborot-resurs markazida Turkiyaning Kavkaz universitetlari uyushmasi vakillari bilan qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi.

 Uchrashuvga Prof. Dr. Ramazon Korkmaz - Kavkaz universitetlari uyushmasi rahbari

Prof. Dr. Murat Taş - Texas ilm va tibbiyot universiteti (AQSh) prorektori

Prof. Dr. Hasan Uslu - Niyde Oʻmer Xalisdemir universiteti prorektori

Prof. Dr. Bedrıye Tunçsıper - Izmir demokratik universiteti rektori

Prof. Dr. Suleyman Özdemır - Bandrma 17 Eyyul universiteti rektori

Prof. Mehmet Bahçekaplı - Yalova universiteti rektori

Prof. Dr. M. Fatıh Andı - Fatix Sulton Mehmed universiteti rektori

Prof. Dr. Vatan Karakaya - Kirshexir Axi Evran universiteti rektori 

Prof. Dr. Ahmet Gökbel - Kirshexir Axi Evran universiteti prorektori 

Prof. Dr. Ismet Esenyel - Girne Amerika universiteti prorektorilari tashrif buyurishdi.

 Tadbirni universitet rektori Ulugʻbek Azizov ochib berdi. Rektor oʻz nutqida bugungi kunda universitetda 300 dan ortiq talabalar turk tilini ikkinchi til sifatida oʻrganayotganligi va yaqin kelajakda bu til birinchi til sifatida oʻrganilishi rejalashtirilayotganligini aytib oʻtdi.

Shuningdek uchrashuv davomida:

- Turk tili yoʻnalishi boʻyicha talabalar, oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek oʻquv adabiyotlari almashinuv dasturlarini amalga oshirish

- OʻzDJTU oʻqituvchilarining Turkiya OTMda malaka oshirish va stajirovka oʻtashlarini tashkil qilish

- Mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini (double degree) yoʻlga qoʻyish

- Turk tili boʻyicha maʼruza oʻqish va amaliy mashgʻulotlar olib borish uchun Turkiya OTM professor-oʻqituvchilarini OʻzDJTUga taklif qilish 

- Hamkorlikda dolzarb masalalar boʻyicha xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil qilish kabi masalalar koʻrib chiqildi.

 Uchrashuv yakunida mehmonlarga estalik sovgʻalar taqdim etildi.

16 Iyun 2022
Chop etish
-->