Joriy yilning 23 aprel kuni Ingliz tili ikkinchi fakulteti Yoshlar Ittifoqi BT hamda fakultet 103-guruh talabalari bilan birgalikda universitetimizda Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligiga bag'ishlab “Otashlarda qolgan qalb” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbir o'tkazildi. Universitetimiz rektori Rahimov G'anisher Xudayqulovich o'zlarining nutqlarida Muhammad Yusufning hayotiy faoliyati, shaxsiy fazilatlari haqida gapirib, ularning ijodidan misol keltirib, shoirning oila a'zolarini tabriklagan holda xotira tadbirini ochib berdilar.
Adabiy kechani ochiq deb e’lon qilganlaridan keyin kechaga tashrif buyurgan mehmonlarga so'z navbati berildi. Xotira kechamizga shoirning umr yo'ldoshlari Nazira As-Salom, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi - Rustam Musurmon, Tog'ay Murodning oila a'zolaridan Ma'suma Axmedova, kursdoshlari - Odil Do'smatov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari, shoiralar Zilola Xo'janiyozova, Ma'mura Zoxidova va Shuxrat Oriflar shoir Muhammad Yusufning hayotidagi muhim voqealar, ijod yo'lidagi qiyinchiliklar haqida gapirib o'tishdi.
Tadbir davomida ishtirokchi talaba yoshlar tomonidan shoirning ijodidan namunalar, sahna ko'rinishlari hamda videoroliklar namoyish etildi.
O'zDJTU Matbuot xizmati