3-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ZOOM platformasi orqali yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda yigirmadan ortiq universitetlar rahbariyati vakillari, oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlari, dekan va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Unda Nofilologik oliy taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishdagi mavjud muammolar va takliflar, nofilologik taʼlim yoʻnalishlarida magistratura kvotalarning toʻlmay qolishi bilan bogʻliq muammolar va takliflar, nofilologik taʼlim yoʻnalishlaridagi magistraturaga ajratilgan soatlar hamda chet tillarni faqat 1-bosqichda oʻqitilishi boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar, nofilologik taʼlim yoʻnalishlaridagi oʻquv dasturlari va adabiyotlarning xilma-xilligi, nofilologik taʼlim yoʻnalishlari oʻqituvchilarining mahalliy va xorijiy malaka oshirishi yuzasidan kelib chiqayotgan muammo va takliflar, respublikada chet tillarini oʻqitish, sifatli kadrlar tayyorlash masalalarini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan aniq takliflar va masalalar muhokama etildi.
2024-04-05 11-57