Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan oliy taʼlim muassasalari fakulʼtet dekanining maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʼyicha oʼrinbosari, Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlim uslubchisi lavozim yuriqnomasi.
Fakulʼtet dekanining maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʼyicha oʼrinbosarining namunaviy lavozim vazifalari va malaka talablari
Oʼzbekiston Respublikasi taʼlimga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, xat, topshiriqlarini, shuningdek, maʼnaviyat va maʼrifat jarayoniga tegishli oliy taʼlim muassasasining buyruqlari bajarilishini taʼminlash va monitoringini olib borish;
Fakulʼtet tarbiyaviy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarini tashkil etish;
Talabalarning individual psixologik portiriti aks ettirilgan shaxsiy varaqalarini toʼldirishni tashkil etish;
Talabalar kiyinish va muomila madaniyatiga rioya etishini kundalik nazarotga olish;
Fakulʼtet va kafedralarning maʼnaviy-maʼrifiy ish rejalarini muvofiqlashtirish hamda ular asosida umumiy ish rejani shakillantirish, fakulʼtet ilmiy Kengashida tasdiqlash;
Fakulʼtet professor-oʼqituvchilar va talabalar oʼrtasida huqubuzarlik, jinoyatchillik, turli yot gʼoyalar taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarini tashkil etish;
Fakulʼtet Kengashi rejasiga maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga doir masalalarni kiritish va doimiy muhakomasini yoʼlga quyish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tamonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalargi yetkazib borish;
Talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadiriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil gʼayriinsoniy gʼoyalar taʼsirida ximoya qilishda hamda mustaqil Oʼzbekistonning chinakam fidoysi boʼlib yetishtirishga qaratilgan maʼnaviy ishlarni tashkil qilish;
Oliy taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga doir tadbirlar oʼtkazilishini taʼminlash;
Talaba-yoshlar orasida ahloqiy, estetik, siyosiy-gʼoyaviy tarbiyani shakillantirish ishlarini yoʼlga qoʼyish;
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish;
Talabalarning maʼnaviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilingan ishlarni takomillashtirishga koʼmaklashish;
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklardan kelib chiqib talabalarda ixtisoslik koʼnikmalarni shakillintirish;
Rektor, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʼyicha prorektor, Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi, fakulʼtet dekanining topshiriqlari asosida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirish;
Maʼnaviy-maʼrifiy masalalar yuzasidan kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish;
Professor-oʼqituvchilarning yillik oʼquv yuklamalaridagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar” sohasiga tegishli bandiga tegishli vazifalarni tahlil qilish va toʼliq bajarilishini nazorat qilish;
Ijarada yashaydigan talabalarga murabbiylarni biriktirish, ularning faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish;
Talabalar turar joylarida talabalarning darsdan boʼsh vaqtini mazmunli tshkil etish va ularning kundalik faoliyatini nazoratga olish;
Murabbiylar tomonidan oʼtkaziladigan “Аxborot va murabbiylik soati”ni oʼtilishi, mazmunini doimiy nazoratga olish;
Talabalarning Ota-onalari bilan doimiy muloqat qilish va fakulʼtetlarda “Ota-onalari kuni” tadbirini uyushtirish;
Oʼquv binosi va talabalar turar joylarida rahbariyat topshirigʼiga muvofiq belgilangan kunlarda navbatchiliklarni tashkil etish va nazoratga olish;
Har semestr yakunida fakulʼtetning maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yuzasidan hisobot, fotoalbom tayyorlash va boʼlim rahbariga taqdim etish;
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takamillashtirishda yaxshi tashabbus koʼrsatgan faollarni moddiy, maʼnaviy ragʼbatlantirishga doir takliflar, tavsiyalar berish;
Jamoat tashkilotlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda yoʼlga qoʼyish va muomila talablar bilan individual ishlash;
Fakulʼtet binosi, kafedralar va oʼquv xonalarining targʼibot plakatlar bilan bezatishda tashabbuskor boʼlish hamda mazkur vazifaga siyosiy hushyorlik bilan yondashish;
Oʼzining xizmat vazifalarini sitqidildan bajarish.
Bilishi kerak:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining oliy taʼlim tizimidagi taʼlim-tarbiya masalalariga tegishli Qarorlari, Vazirlikning Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, OTM buyruqlari, fakulʼtet faoliyatiga taaluqli Nizom, yuriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni, odob-axloq qoidalari, OTM Ustavi, ichki mehnat tartib-qoidalari, ish yuritishga oid boshqa meʼyoriy hujjatlar.
Malaka talablari:
Namunaviy fazilatli, intillektual, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy fikr, xushmomilalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega boʼlish, masʼuliyat xissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatьiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʼlishi;
Oliy maʼlumotli (magistr diplomi)ga ega boʼlishi;
Oʼz sohasiga tegishli masalalar boʼyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʼlishi;
Kamida 3 yillik pedagogik yoki maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ishlar boʼyicha faoliyat stajiga ega boʼlishi;
Аxborot-kamunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukkamal bilishi zarur.
Нормы этикета для студентов вузов
Психологическая и финансовая поддержка сотрудников
Порядок и документы по обеспечению студентов общежитием
Порядок и описание репетиторской услуги
Порядок и виды внеклассной работы
Порядок освобождения студентов-инвалидов первой и второй групп от оплаты проживания обучающихся в течение учебного года
Порядок оказания психологической и материальной поддержки обучающимся с ограниченными возможностями здоровья
Порядок проведения индивидуально ориентированных семинаров и тренингов по проблемам психического здоровья студентов
Порядок оказания психологической и материальной поддержки обучающимся при проблемах, возникающих вне учебно-воспитательного процесса
Порядок и отчет о духовных событиях
Положения, документы об обязанностях обучающихся