18-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
“Qonunchilik va yoshlar” mavzusi doirasida OʻzDJTU Media va kommunikatsiya fakultetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti Axborot xizmati rahbari Avazbek Arabboyevlar bilan davra suhbati va master klass tashkil etildi.
Uchrashuv davomida bugungi kundagi yoshlar siyosatiga oid qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlar xususida gapirildi. Shuningdek, talabalarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatli jamiyat qurish yoʻlidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
Axborot xizmati sohasida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, soha doirasidagi kasb sirlari bilan oʻrtoqlashildi.

2023-10-18 10-05

Our partners
Site map