Аxborot-resurs markazi ish faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 10-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 552-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ida keltirilgan “Аxborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, “Аxborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Аxborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalarining fondlari hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom” hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi “Аxborot-kutubxona faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 371-sonli buyruqlari asosida tasdiqlangan namunaviy nizomlarga muvofiq universitet rektori tasdig‘iga tayyorlanayotgan “Аxborot-resurs markazida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-resurs markazida fondini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, “Аxborot-resurs markazining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Аxborot-kutubxona resurslarini axborot-resurs markazining fondlari hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom” “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot-resurs markazi to‘g‘risida Nizom” va “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari” ishlab chiqilmoqda. 2011-yilda “O‘zDJTU axborot-resurs markazi elektron kutubxonasi to‘g‘risida Nizom”, 2018 yilda “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Аxborot-resurs markazini badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan ta’minlash to‘g‘risida Nizom" kabi me’yoriy-huquqiy xujjatlardan, universitet kengashi qarorlari hamda rektorat buyruqlari asosida tashkil qilgan.

Аxborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim faoliyat yuritadi. Bular, Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot bo‘limi, Аxborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi, Аxborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi, Elektron axborot resurslari bo‘limi, Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi.

 

-        Аxborot-resurs markazi 599048 nusxa fondiga ega:

Darsliklar 120874 nusxa, o‘quv qo‘llanmalar 174548 nusxa, ilmiy adabiyotlar 30653 nusxa, badiiy adabiyotlar 117861 nusxa va qo‘shimcha adabiyotlar 155112 nusxani tashkil etadi.

-        Tillar bo‘yicha: o‘zbek tilida 152765 (shundan, kirill alifbosida 135052 nusxa, lotin alifbosida 17713 nusxa), rus tilida 307396 nusxa, xorijiy tilda 138887 nusxa adabiyotlardan iborat.

-        2022 yil uchun Respublika vaqtli matbuot nashrlariga 60 nomda 201 nusxa umumiy narxi 109952759 so‘mlik obuna tashkil qilingan.

-        Respublikamizda 1952 yildan shu kunga qadar himoya qilingan 541 nusxada nomzodlik va doktorlik disserttsiyalari hamda 2615 nusxa avtoreferatlar mavjud;

-        5563 nomda adabiyotlarning elektron nusxalari hamda 49884 nomda adabiyotlar tavsiflangan elektron katalogidan foydalanish imkoniyati yaratilgan;

-        ilmiy jurnallarni va elektron o‘quv adabiyotlari o‘zida aks ettirgan Scopus, SciVal va EBSCO_Host ilmiy ma’lumotlar ba’zalariga aʼzo bo‘lingan;

-        ko‘zi ojiz va ko‘rish a’zolari zaif talabalarga 85 nomda audio va har birida audiodisklari bo‘lgan 34 nusxa Lui Brayl yozuvida adabiyotlar mavjud;

-        10990 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatadi:

10198 nafar talabalar, 628 nafar professor-o‘qituvchilar, 39 nafar ilmiy izlanuvchilar, 125 nafar ishchi xodimlarni tashkil etadi.

-        Аxborot-resurs markazi (АRM) shaharning 4 ta xududida abonementlaridan kitobxonlarga uyda foydalanish uchun adabiyot beriladi;

-        1,2,3,4, - Talabalar turar joylarida АRM o‘quv zallari faoliyat yuritadi;

-        АRMda 40767 nusxa adabiyotlarni o‘z ichiga olgan ochiq fondga ega 700 o‘rinli 6 ta o‘quv zallar mavjud;

-        zamonaviy kompyuterlari bilan jihozlangan 5 ta 111 o‘rinli elektron kutubxona faoliyat yuritmoqda;

-        xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarni va til ko‘nikmalarini mustaxkamlash uchun 6 ta 10 o‘rinli munozara xonalar;

-        talabalarni ma’naviy boy va barkamol ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratgan holda muhim sanalar hamda mashhur kishilarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan uchrashuv, taqdimot, asar muhokamasi kabi qiziqarli tadbirlar va treniglar o‘tkazish uchun qulayliklar yaratilgan 36 o‘rinli anjumanlar zali;

-        Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan barcha qulayliklarga ega va Koreya madaniyati, talaba-yoshlar orasida koreys tilini o‘rganishni targ‘ib qiluvchi 532 nusxa adabiyotlarga ega Korea Corner o‘quv zali;

-        foydalanuvchilarga qulaylik yaratish va masofadan xizmat ko‘rsatish maqsadida axborot-resurs markazi web-sayti https://uzlib.uz/ va “Telegram” rasmiy kanali https://t.me/uzlibuz faoliyat yuritadi.

-        Аholiga uyga adabiyot olib ketishdan boshqa barcha xizmatlar ko‘rsatiladi;

-        Аxborot-resurs markazi dushanba-juma kunlari 8:30-21:00ga va shanba kunlari 8:30-17:00 ga qadar ishlaydi.

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi