• elektr energiyasi, shuningdek, avtomatlashtirilgan qo‘ng‘iroqlar va signalizatsiyalarning o‘rnatilgan limit doirasida uzluksiz va sifatli ta’minlanishini tashkil etish;
  • elektr energiyasining iqtisod qilinishi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, OTM ob’yektlari orasida elektr energiyasining maqsadli taqsimlanishini nazorat qilish;
  • elektr energiyasi ho‘jaligidagi avariyalar va yaroqsiz holatga kelgan vositalarning hisobini yuritish va tahlil qilish;
  • bo‘ysunuvchi personal tomonidan harakatdagi qoida va instruksiyalarga rioya qilinishini nazorat qilish;
  • OTMning energiya iste’moli bo‘yicha hisob-kitobini yuritish, OTMning energiya balansini tayyorlash;
  • tashqi tashkilotlar bilan energiya iste’moli bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirish;
  • elektr energiyasining, shuningdek, avtomatlashtirilgan qo‘ng‘iroqlar va signalizatsiyalar tizimlarining profilaktika ishlari va ta’mirlanishining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda ularning texnik holati ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • elektr jihozlari, ventilyasiya qurilmalari va boshqalar ekspluatatsiyasi bo‘yicha hamda bo‘ysunuvchi personalning lavozimlar instruksiyasini ishlab chiqish;
  • OTMni qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • OTM ob’yektlari va xizmatlarida himoya vositalarining mavjud holatini nazorat qilish, ularning yaroqlilik holatini tekshirib borish;
  • energetik tizim va qurilmalar izolyasion qarshiligining dastlabki va muntazam tekshiruvlarini tashkil etib borish;
  • zarur materiallar va asbob-uskunalar uchun buyurtmalar rasmiylashtirish, omborda saqlanayotgan moddiy-texnik vositalar hisobini yuritish;
  • energiya ob’yektlarini qayta ta’mirlash va modernizatsiya qilishni loyihalashtirish tashkilotlariga buyurtma berish va ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • instruksiya va qoidalarning buzilishidan kelib chiqqan qoidabuzarliklarga nisbatan chora ko‘rish uchun kerakli hujjatlarni rahbariyatga taqdim etish.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube