Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligigning 2021-yil 16-apreldagi “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi 9-2021-son qarori hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Vasiylik kengashining 2021-yil 7-iyuldagi yig’ilishi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori U.Azizovning 2021-yil 29-iyuldagi 318-buyrug’i asosida Ingliz tili 3-fakulteti tarkibida tashkil topgan.
Hozirda kafedrada 25 nafar professor-o’qituvchi asosiy shtatda faoliyat yuritadi. Ulardan 5 nafari katta o’qituvchi, 18 tasi o’qituvchi-assistent va 2 nafari o’qituvchi-stajor, 1 nafari esa Buyuk Britaniya fuqarosi. Kafedrada Kechki ta’lim bo’limi hisobidan 10-15 nafar o’rindosh o’qituvchilar faoliyat yuritadi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) yo’nalishining 1-bosqich talabalariga uchta mutaxassislik fanlari: til ko’nikmalari integratsiyasi, til aspektlari amaliyoti, o’qish va yozish amaliyotidan bilim beriladi.
Kafedrada bugungi kunda 4 nafar o’qituvchi mustaqil izlanuvchi sifatida PhD dissertatsiyalari ustida ilmiy ish olib borishmoqda. Bundan tashqari, Toshkent amaliy fanlar universiteti tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Turdaliyev Bobur Muxammadali o’g’li 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Talabalarda og’zaki nutq malakasini oshirishda bahs-munozara metodini qo’llash metodikasi” dissertasiyasi mavzusi doirasida kafedraga biriktirilgan holda ilmiy ish olib bormoqda.
Kafedra Toshkent shahar Uchtepa tumani 81-sonli umumta’lim maktabi bilan o’quv, o’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida muntazam hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi bilan o’quv-uslubiy va innovatsion ishlar hamkorligi doirasida ishlar olib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-sonli Farmoni ijrosi doirasida 2022-yil 19-sentyabrda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Buyuk Britaniya fuqarosi Goodall Nigel Richard Keith o’rtasida imzolangan 20/22-sonli mehnat shartnomasiga asosan Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasiga chet ellik mutaxassis jalb etildi. Universitet rektori U.Azizovning 2022-yil 11-apreldagi “Xorijiy OTMlarda malaka oshirish uchun yuborish to’g’risida”gi 21/3C-sonli buyrug’i asosida “Teachers Continious Professional Development” dasturi doirasida kafedra o’qituvchisi Agzamxodjayeva S. Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetida 2022-yil 30-maydan 25-iyungacha 4 haftalik English Language Teaching/Tesol Methodology malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatdi va tegishli sertifikatni qo’lga kiritdi. Tashrif doirasida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Portsmut universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.