Muhammad Yusuf nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
Kafedra joylashgan bino - Bosh bino 320-xona
Kafedra tarixi: O‘zDJTUning o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘z faoliyatini 1960- yildan Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti qoshida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi sifatida boshlagan. 1992-yili Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti bilan Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti birlashib, O‘zDJTU tashkil etilgan. 1993-yilda f.f.n., dotsent S.Soliyev mudirligidagi “Qiyosiy grammatika” kafedrasi, f.f.n. Z.Soliyeva mudirligidagi “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi hamda f.f.n., dotsent A.Mamatov rahbarligidagi “O‘zbek tili” kafedralari birlashtirilib, universitet bo‘yicha yagona “O‘zbek tili“ kafedrasi tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 21 noyabrdagi 87-04-2665- sonli xatiga muvofiq O‘zDJTUda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “O‘zbek tili” kafedrasi nomi “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasiga o‘zgartirildi. Kafedraga 1993-2001-yillarda f.f.n., dotsent A.Mamatov, 2001-2012-yillarda p.f.d., professor X.Muxitdinova, 2012-2015-yillarda f.f.n., dotsent N.Jiyanova, 2015-yildan esa pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Z.Salisheva rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedra tarkibi:
Hozirda kafedrada umumiy shtatda 30 nafar professor - o‘qituvchi, shundan 23 nafari asosiy shtatda (4 nafari DSc, 11 nafari PhD (3 nafari professor, 9 nafari dotsent), 8 nafari katta o‘qituvchi va assistent), 7 nafari esa (3ta PhD, 4ta o‘qituvchi va stajor-o‘qituvchi) tashqi o‘rindoshlikda, 1 nafari ichki o‘rindoshlik asosida faoliyat olib boradi.
Ilmiy salohiyat 65 foizni tashkil qiladi.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:
O‘zbek tili kafedrasida rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari:
Ko‘p madaniyalilik, ta’limni raqamlshtirish sharoitida lingvokulturalogiya, linvopoetik va lingvididaktika.
O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari.
Ilmiy-tadqiqot ishlariga kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari va mustaqil tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda kafedraning har bir a’zosi o‘ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilib boriladi.
Kafedra yutuqlari:
Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini yirik ilmiy davriy nashrlarda, shuningdek, Scopus va Web of Science jurnallarida e’lon qiladilar.
Kafedra dotsenti Ya.Avlakulov, falsafa fanlari doktori Z.Salisheva, katta o’qituvchi Z.Usmonovalar “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” amaliy loyihasida ishtirok etgan. “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarni yaratish” amaliy loyihasi a’zosi (2020-2022-y.). 5 ta mualliflik huquqi guvohnomasiga ega. “Ona tili-millat g‘ururi” ilmiy-ijodiy ishlar tanlovining “Eng yaxshi dasturiy mahsulot va ishlanmalar” bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallagan. Moskva davlat lingvistika universitetida, MDU qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari institutida, Rostov-Don shahridagi Janubiy federal universitetida o‘zbek tili markazlari ochildi va kafedra o‘zbek tilini o‘qitishda uslubiy yordam ko‘rsatadi.
Kafedra dotsenti B. Qarayeva (2010-yildan hozirgacha) MDLU Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar instituti siyosatshunoslik fakulteti talabalariga o‘zbek tilidan dars berib keladi.
Kafedra professori Sh.Yuldasheva, dotsent Z.Salisheva va katta o‘qituvchi Z.Usmonovalar Qozon Federal universiteti, Rostov-Don shahridagi Janubiy federal universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti talabalariga o‘zbek tili va adabiyoti, o‘zbek madaniyati va san’ati bo‘yicha ma’ruzalar, ochiq darslar, mahorat darslari o‘tkazib kelmoqdalar. Shuningdek, Qozon Federal universiteti, MDLUda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida ham malaka oshirgan.
Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka o‘tagan professor-oʻqituvchilar soni – 5 ta.
O‘quv jarayoniga jalb qilingan xorijiy professor-o‘qituvchilar soni – 1ta.
Kafedra dotsenti Z.Salisheva va katta o‘qituvchi Z.Usmonovalar 2023-yil 27-29-noyabr kunlari Minsk shahrida o‘tkaziligan III Xalqaro Kongressda ishtrok etdi.
Kafedra dotsentlari Z.Salisheva, Y.Avlakulovlar 2024-yil 23-yanvar – 8-fevral, 22-fevral-15-mart kunlari AQShning Indiana universitetida xizmat safarida bo‘ldilar. Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar va talabalarga o‘zbek tilining xorijda o‘qitilishi bo‘yicha ma’ruza va taqdimotlar hamda master-klasslar tashkil qilindi.
Kafedra professori, p.f.d. (DSc) Asilova Gulshan Asadovna Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida Chingiz Aytmatov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Xalqaro forumda ishtirok etdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Turkiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya va forumlarda ishtirok etib kelmoqdalar.
2024-2025-o‘quv yilida kafedrada tizimli asosda kafedra mudiri Z.Salisheva, professor-o‘qituvchilardan Z.Usmonova, D.Pulatovalar 2024-yil 01.10.2024 - 31.10.2024ga qadar Muxtor Auyezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti huzuridagi Qo‘shimcha ta’lim markazida malaka oshirdi. 2025-yilda xorijda malaka oshirgan professor-o‘qituvchilar ulushini OTMlarda 15 foizga yetkazish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil iyun oyida 4ta professor-o‘qituvchi (Y.Avlakulov, A,Shofqorov, D.Eshanqulov, M.Tadjibayev) Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida malaka oshirishi rejalashtirilgan.
2021-yilda kafedra dotsenti Z.Salisheva “O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi” respublika ilmiy-ijodiy ishlar tanlovining hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi.
Kafedra 2022-yilda o‘zbek tilidan savodxonlik sinovi bo‘yicha “Mahallada duv-duv gap” loyihasi tashkilotchisi sifatida faoliyat yuritdi.
Katta o‘qituvchilardan Z.Usmonova, D.Pulatova, o‘qituvchi va satajor-o‘qituvchilar D.Eshanqulov, Q.Nazarov, O.Nasirdinova, T.Jarkinova, Sh.Zarpillayevalar tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchi sifatida izlanish olib bormoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 8 ta darslik (respublika va xorijiy OTM talabalari uchun), 4 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan. Pekin chet tillar instituti bilan hamkorlikda “O‘zbek tili” darsligi ham chop etilgan.
2022-yilda kafedrada 4 ta monografiya (dotsent Ya.Avlaqulov; dotsent B.Qarayeva, Sh.Yuldasheva) nashr etilgan. Hozirgi kunda 2ta monografiya nashrga tayyorlanmoqda.
Kafedrada faoliyat olib borayotgan “Xirsh” indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar soni 7 ta.
Kafedra 2019-yildan buyon O‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan “O‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘rganish hamda o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” (Современная тенденция преподавания и изучения узбекского языка как государственного и как иностранного) mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman (onlayn/oflayn) tashkilotchisi bo‘lib kelmoqda va respublika miqyosida “Istiqlol va til” davriy ilmiy maqolalar to‘plami chop etib kelinmoqda.
2024- yil 24- aprel kuni O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Raqamlashtirish davrida o‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro anjuman tashkil etildi.
Iqtidorli yoshlarning an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirokini ta’minlab, ularning ilmiy salohiyatini oshirishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Har yili talabalarning ijodiy ishlarini “Izlanish va ijod” to‘plamida nashr ettirishda yaqindan ko‘mak beradi. Jumladan, 2024-yil 15-mayda O‘zbеk tili vа аdаbiyoti kаfеdrаsi tоmоnidаn O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy fan va ta’limning rivojlanishida yoshlarning o‘rni. Izlanish va ijod masalalari” mavzusidgi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Unda universitet professor-o‘qituvchi va talabalari bilan bir qatorda respublika OTM talabalari ham ishtirok etdi.
2025- yil 13- fevral kuni Ingliz tili 2-fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi hamda Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi tomonidan "Zamonaviy ko‘p madaniyatli makonda mutaxassislik ta’limi va kasbiy ta’lim" mavzusidagi xalqaro anjumanda 22ta professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan.
2025-yil 28-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining Chelyabinsk filiali, Janubiy Ural davlat gumanitar-pedagogika universiteti, Yevroosiyo Milliy universiteti (Qozog‘iston), Kuban davlat universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda “Профильное и профессиональное образование в условиях современного поликультурного пространства” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 6 nafar professor-o‘qituvchilar ma’ruza bilan ishtirok etgan (G. Asilova, Z. Salisheva, Sh.Yuldasheva, S. Maksumova, G.Turdiyeva, X.Muxiddinova, X.Xidirov).
2024-yil 17-18-may kunlari Moskva shahrida Moskva davlat lingvistika universitetining 95 yilligi, MDH ishtirokchi-davlatlar tili va madaniyati bo‘yicha tayanch tashkilotning 25 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan II Yoshlar xalqaro xotira forumida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining tarjimonlik fakulteti 1-bosqich talabalari Madaminova Sevara Muxtarovna, Tursunbayev Alisher Muratbayevich, Kushmuratov Anvar Azamatovichlar (ilmiy rahbar O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Salisheva Zilola Ismailovna) “Подвиги узбекистанцев на фронте и в тылу (о деятельности агитбригады в составе поезда «Комсомолец Узбекистана») ma’ruzasi va taqdimoti bilan ishtirok etishdi (onlayn). Yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tgan forumda talabalar o‘zlarining qiziqarli ma’ruzalari, taqdimotlari, she’r va qo‘shiqlari bilan faol ishtirok etdi. Tadbir yakunida talabalar sertifikat bilan taqdirlandi.
Kafedraning xalqaro hamkorligi:
Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti
Moskva davlat lingvistika universiteti
Sankt-Peterburg davlat universiteti
Qozon federal universiteti
Rostov-don shahridagi Janubiy federal universiteti
M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti
Al Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti
Cho‘qon Valixonov nomidagi Ko‘kshetau universiteti
AQSHning Indiana universiteti
Pekin chet tillar universiteti
Ankara universiteti
Istanbul universiteti