O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi haqida

MA’LUMOT

“Zamonaviy axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, ta’lim tizimiga oid Prezident Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitet Kengashi me’yoriy hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratib, ta’limning sifat darajasiga alohida e’tibor bergan holda olib bormoqda.

Kаfеdrа tаrixi: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 1992 yil 12 mаydаgi 401-sоnli Fаrmоni bilаn 1992 yil 15 iyunidа O‘zbеkistоn Dаvlаt jаhоn tillаri univеrsitеti va ingliz  filоlоgiyasi yuqоri kurslаr fаkultеtidа “O`qitishning tехnik vоsitаlаri” kаfеdrаsi tаshkil etildi. 2002 yil ushbu kаfеdrа “Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri” dеb nоmlаndi. 2011 yildа kаfеdrа “Infоrmаtikа vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаri” dеb qаytа nоmlаndi. 2017 yil 27 iyuldagi PF-5115-sonli farmoniga asosan O‘zDJTU tashkiliy  tuzilmasi o‘zgartirildi. Shunga asosan kafedra nomi “Zamonaviy axborot texnologiyalari” deb nomlandi. Kаfеdrаda bаkаlаvr bоsqichidа tahsil olayotgan tаlаbаlаrgа “Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri”, “Raqamli axborot texnologiyalari”,“Axborot texnologiyalarini sohada qoʻllash”, “Dasturlash asoslari’, “Mantiq asoslari”, “Algoritmlar nazariyasi”, “Mediada axborot texnologiyalari va kompyuter grafikasi”, “Statistika”, “Dasturlash texnologiyalari” fanlaridan dars o‘tiladi.

Ta’lim faoliyati:

“Zamonaviy axborot texnologiyalari” kafedrasi zamonaviy axborot texnologiyalaridan  sifatli va malakali foydalanish  imkoniyatlarini o‘rgatishga qaratilgan ta’lim faoliyatini amalga oshiradi.

    Kafedra talabalarga quyidagi yo‘nalishlarda bilim beradi:

   1. Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri: Talabalar kompyuter savodxonligi oshiriladi, online platformalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Darslar interfaol usullar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘tkaziladi.

    2. Raqamli axborot texnologiyalari:

Talabalarga raqamli axborot texnologiyalarining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

  3.Axborot texnologiyalarini sohada qoʻllash: Talabalarni o‘z kasbiy faoliyatlarida dasturiy vositalar va interaktiv sayt, kurslardan foydalana olish imkoniyatlari o‘rgatiladi.

    4. Dasturlash asoslari: Talabalar zamonaviy dasturlash tillari Python, C++, Java Scripda dastur tuzishga o‘rgatiladi.

  1. Mantiq asoslari: Tafakkurni rivojlantirish vositasi bo‘lgan mantiq tushunchalari haqida ma’lumot beriladi.
  2. Algoritmlar nazariyasi: Algoritmlar, turlari, berilish usullari, ularga oid masalalar yechish vazifalari bajariladi.
  3. Mediada axborot texnologiyalari va kompyuter grafikasi: talabalarni media sohasida qo‘llaniladigan, bo‘lajak kasbiy faoliyatlarida zarur bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter grafikasiga oid yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun tegishli texnologiyalar bilan tanishtirish, media sohasidagi professional muammolarni hal qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha yaxlit tasavvurlarini shakllantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari dasturiy ta’minotini o‘rganishda o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini tarbiyalashning amaliy ko‘nikmalarini egallashdan iborat.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi, talabalarni yuqori malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.

     Ma’naviy faoliyat:  Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan ko‘plab ma’naviy tadbirlar, ilmiy seminarlari va hamkorlik doirasida master-klasslar o‘tkaziladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan  o`tkaziladigan tadbirlar Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Kompyuter savodxonligi oshirish maqsadida seminarlar va ochiq darslar tashkil etiladi.  

Kafedra  a’zolari universitet va  fakultet miqyosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga faol ishtirok etadilar.

 Kafedraning hamkor tashkilotlari:

  • AKT va Aloqa xarbiy instituti;
  • Toshkent davlat yuridik universiteti;
  • O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey.

Kafedra yutuqlari:

2021-yil  19 aprel  “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar (Компьютерная лингвистика: проблемы и решения, Computational linguistics and solutions)” mavzusidagi xalqaro an’anaviy onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

2022-yil  16-may  “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar (Компьютерная лингвистика: проблемы и решения, Computational linguistics and solutions)” mavzusidagi xalqaro an’anaviy onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Hozirgi kunda kafedrada faoliyat yuritayotgan 9 nafar professor-o‘qituvchidan 3 nafari – M.Payazov, B.Axrarov, R. Mallayev, dotsent; 3 nafari – R.Sabirjanov, G.Ablizova, N.Umarova katta o‘qituvchi; 3 nafari – G. Aripova, X.Eshpulatova, Z. Sharipova o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Kafedra a’zolaridan X.Eshpulatova, Z. Sharipovalar doktorlik (PhD) dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim-tarbiya ishini ilmiy-tadqiqot ishi bilan uzviy bog‘lagan holda olib bormoqda. Ular tomonidan so‘nggi yillarda o‘quv qo‘llanmalari va risolalar, xorijiy ilmiy nashrlarda, jumladan, OAK tomonidan e’tirof etilgan xorijiy va mahalliy jurnallarda maqolalar chop etish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, kafedra professor-o‘qituvchilari xalqaro konferensiyalarda, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida va universitet ilmiy anjumanlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra a’zolari tomonidan 2024-2025 o‘quv yilining hozirgi davrigacha OAK tomonidan e’tirof etilgan xorijiy va mahalliy jurnallarda 10 ta maqola, Xalqaro jurnallarda 7 ta maqola, xalqaro anjumanlarda 4 ta maqola, Respublika ilmiy anjumanida 1 ta maqola chop ettirilgan.

Kafedra ilmiy yo‘nalish nomi:

“Matematik tahlillash va axborot kommunikatsiya texnologiyalari negizida ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirish”.

Rejalar

2025 yil 20 mayda  “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar (Компьютерная лингвистика: проблемы и решения, Computational linguistics and solutions)” mavzusidagi xalqaro an’anaviy onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube