Fakultet haqida

Ingliz tili 2-fakulteti

Fakultet tarixi: O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi va 2013-yil 23-maydagi №1971-sonli “O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlariga muvofiq birinchi va ikkinchi ingliz filologiyasi fakultetlari negizida ingliz tili birinchi, ingliz tili ikkinchi hamda ingliz tili uchinchi fakultetlar tashkil topdi.

Qo'shimcha ma'lumot: Hozirda ingliz tili ikkinchi fakultetida 5 ta mutaxassislik kafedralari va 1 ta fakultetlararo kafedra mavjud bo‘lib, 130 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 1 nafari filologiya fanlari doktori (DSc), 13 nafari filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy unvoniga ega.

Talabalarga tahsil olishlari uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Fakultet tasarrufida 1 ta faollar zali, 1 ta qishki sport zali, 1 ta chet el o’quv adabiyotlari bilan boyitilgan ARM (Axborot resurs markazi) hamda talabalar ovqatlanishi uchun oshxona mavjud.

Talabalarning mustaqil ta’lim ko’nikmalarini shaklantirishlari uchun internet tarmog’iga ulangan 6 ta kompyuter xonalari faoliyat yuritmoqda.

Fakultetda tehsil olayotgan talabalarga zamonaviy bilimlarni berish uchun quyidagi kafedralar tashkil qilingan.

Fakultet tasarrufidagi kafedralar:

Ingliz tili amaliy fanlar № 2 kafedrasi;

Ingliz tili integrallashgan kursi № 2 kafedrasi;

Ingliz tili nazariy aspektlari № 2 kafedrasi;

Ingliz tilini o’qitish metodikasi № 2 kafedrasi;

Boshlang’ich ta’limda ingliz tili kafedrasi;

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube