ABDUVAXABOVA MAXINA AZATOVNA

Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi : Kafedra mudiri

Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Kafedra mudirasi: Abduvahabova Maxina Azatovna
Qabul kunlari: Dushanba–shanba (14:00–16:00)
Telefon raqami: +998950023251
Elektron pochta: makhina.abduvahabova@gmail.com

Kafedra tarixi:

Ingliz tili nazariy jihatlari kafedrasi O‘zDJTUda 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab universitetning Ingliz tili 3-fakulteti tarkibida “Ingliz tili nazariy aspektlari” nomi ostida faoliyat boshlagan. 2017–2020-yillarda kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent M. Saidova rahbarlik qilgan. 2020–2023-yillarda kafedra mudiri lavozimini M. Itolmasov bajargan. 2023-yil sentabr oyidan boshlab ingliz tili nazariy jihatlari 2-kafedrasi mudirligiga Abduvahabova Maxina tayinlandi.

2024–2025-o‘quv yili holatiga ko‘ra kafedrada jami 27 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda, shundan 3 nafari ilmiy daraja va unvonga ega. Kafedrada 3 ta shtatli, 1 ta tashqi o‘qituvchi, 5 nafar katta o‘qituvchi, 12 nafar o‘qituvchi va 7 nafar stajyor-o‘qituvchi ishlaydi.

Kafedra mudirasi haqida qisqacha ma’lumot:

Abduvahabova Maxina Azatovna — filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. U 2009-yildan buyon ushbu oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritadi. 2023-yil sentabr oyidan boshlab ingliz tili nazariy jihatlari 2-kafedrasiga mudira etib tayinlangan.

Kafedraning asosiy maqsadi:

Yuqori malakali, zamon talablariga javob bera oladigan, xalqaro standartlarga mos kadrlarni tayyorlash. Bu maqsad O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”dagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Kafedraning asosiy vazifalari:

  • “Leksikologiya”, “Kognitiv semantika”, “Tilshunoslik nazariyasi va til tarixi”, “Psixolingvistika”, “Adabiyot va ijod”, “Korpus lingvistikasi” kabi nazariy, shuningdek “CHTUIC”, “XTUMMSh”, “Akademik xorijiy til”, “Tanqidiy fikrlash: o‘qish va yozish” kabi amaliy fanlar bo‘yicha innovatsion metodikalarga tayangan holda ta’lim berish;

  • Davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari asosida yuqori nazariy, ilmiy, metodik va professional darajadagi dars mashg‘ulotlarini olib borish;

  • Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari ustida talabalarning mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

  • Reyting tizimi asosida talabalar bilimini adolatli baholash;

  • Nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

  • Kafedraga oid fanlar bo‘yicha o‘quv rejalari ishlab chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etish, hamkor kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv rejalari muhokamasida ishtirok etish;

  • Darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar tayyorlash va ularni muhokama qilish;

  • Nodon ta’lim muassasalari buyurtmasiga binoan kerakli o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash;

  • Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalari va tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlarga jalb qilish;

  • Kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy izlanish olib borishi uchun shart-sharoit yaratish;

  • Ilmiy ishlar natijalarini muhokama qilish va keyingi bosqichlar uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

  • Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash;

  • Professor-o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalari bo‘yicha o‘quv, ilmiy, tarbiyaviy va tashkiliy faoliyatini tasdiqlash;

  • Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, ilg‘or tajribalarni umumlashtirish va ta’lim jarayonida tatbiq qilish.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:

Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

  • Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning nazariy muammolari;

  • Innovatsion metodlar orqali lingvistik fanlarni o‘qitish;

  • Xorijiy tillarni integratsiyalashgan holda o‘qitishda madaniyatlararo muloqot shakllanishi muammolari;

  • Talabalar akademik va tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mezonlari.

Kafedrada o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari:

Bakalavriat dasturi: 60111800 – “Chet tili va adabiyoti” (ingliz tili va adabiyoti) yo‘nalishi.
Fanlar: Chet tillarni o‘qitish metodikasi, Akademik xorijiy til, Xorijiy tillarni o‘qitishda madaniyatlararo muloqot, O‘qish va yozishda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Korpus lingvistikasi, Kognitiv semantika, Leksikologiya, Adabiyot va ijod, Psixolingvistika va boshqalar.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari:

Kafedrada faoliyat yuritayotgan 5 nafar professor-o‘qituvchi ilmiy dissertatsiya ustida ishlamoqda: Abduvahabova Maxina (D.f.-m.f.), Fayziyeva Nodira (PhD), Polvonova Maxzuna (PhD), Xayrullayeva Dilorom (PhD), Xusanova Shohsanam (PhD), Shakirova Madina (PhD). Kafedraning 23 nafar asosiy o‘qituvchisi mustaqil ilmiy maktabning 1-, 2-, va 3-bosqichlarida tahsil olmoqda.
Ilmiy faoliyatni faollashtirish maqsadida maxsus ilmiy to‘garak tashkil etilgan. 2024-yilda “Ilmiy kadrlar tayyorlash” va “Kelajak olimlari” nomli talabalar to‘garaklari faoliyatini boshladi.

Kafedraning yutuqlari:

2020–2023-yillarda 3 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniyadagi Portsmut universiteti va Norwich Nile ta’lim markazida malaka oshirdi. 2023–2024-yilda 1 nafar o‘qituvchi Finlandiya va Shvetsiyada ta’lim menejmenti bo‘yicha malaka oshirdi. 2024–2025-o‘quv yili davomida 1 nafar o‘qituvchi Turkiyaning Karabük universitetida malaka oshiryapti, 2025-yil aprel oyida esa 3 nafar o‘qituvchi Indoneziyaga malaka oshirish kurslariga yuboriladi.
MDH davlatlari OTMlari bilan imzolangan hamkorlik doirasida 2-fakultetning 3-bosqich talabalari kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida Turkmanistonda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada qatnashdi, Janubiy Koreya, Xitoy, Latviya kabi davlatlarda qisqa muddatli amaliyot o‘tab, Rossiyada o‘tkazilgan talabalarning ilmiy loyihalar tanlovida 1–2-o‘rinni egalladi.
Ular, shuningdek, Turkmanistonda o‘tkazilgan xorijiy tillar bo‘yicha bilim darajasini aniqlovchi xalqaro olimpiadada ham faxrli o‘rinlarni egalladi.
Kafedraning ilmiy salohiyati 11% ni tashkil etadi, jami 23 ta shtatdagi va 4 ta tashqi o‘qituvchining barchasi (100%) xalqaro va milliy (C1) sertifikatlarga ega.
Ta’lim jarayoni O‘zbekiston va xorijdagi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari asosida olib boriladi. Hozirgi kunga qadar kafedra tomonidan 10 ta darslik va 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanma nashr etilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar tomonidan 10 ta mukofot qo‘lga kiritilgan.
Kafedrada har yili zamonaviy lingvistik tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi. 2025-yil may oyida xorijiy hamkorlar bilan “Zamonaviy kognitiv tadqiqotlar: bahs va muhokamalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, undagi maqolalar Google Scholar bazasida indekslanadi.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar, risolalar, darslik va qo‘llanmalar ham chop etilmoqda.

Hamkorlik:

Ingliz tili nazariy jihatlari 2-kafedrasi bir qator mahalliy va xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Hindistondagi Acharya xalqaro universiteti, Rossiyadagi Ural davlat pedagogika universiteti va Nijniy Novgorod lingvistika universiteti, Tojikistonning Xo‘jand davlat universiteti, Qozog‘istonning Abay nomidagi universiteti, Turkiyaning Karabük universiteti, Polshaning SWPS universiteti bilan ERASMUS+ dasturi doirasida hamkorlik olib borilmoqda.
Shuningdek, Malayziya Fan universitetining tegishli kafedralari bilan yo‘nalishlar kesimida hamkorlik olib borilmoqda. Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Favqulodda vaziyatlar akademiyasi va Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 227-maktab bilan ham memorandum imzolagan.

Faxriy mukofot:

2024-yilda ingliz tili nazariy jihatlari 2-kafedrasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan Fan rivojlanish konsepsiyasi bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish va professor-o‘qituvchilarning fidokorona mehnati uchun Faxriy yorliq bilan taqdirlandi, shuningdek “Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlar” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

 
 
 
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube