ILMIY-INNOVATSION ISHLANMALARNI TIJORATLASHTIRISH BO’LIMI

 

Bo‘lim boshlig‘i: Abdullayeva Feruza Suyunovna

Ilmiy faoliyati: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori,(PhD)

Qabul kunlari: Seshanba-Payshanba

Bo’lim raqami: +99890 1352729

Telegram kanal: https://t.me/UzDJTUTijoratlashtirish

Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani,Kichik halqa yo’li G9a 21-uy

 

Ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼlimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7 may 2018 yildagi 3698-sonli “Iqtisodiyot sohalariga innovatsiyalar mexanizmlarini joriy etishni takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora - tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018- yil 5 iyuldagi «Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish toʼgʼrisida» 594-sonli buyrugʼi asosida tashkil qilingan. Ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼlimining faoliyati  O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmon va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, davlat hokimiyatining boshqa organlarining buyruqlari va normativ hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi xalqaro bitimlari, oliy taʼlim muassasasi Ustavi, rektorining buyruq va farmoyishlari, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari, ushbu Nizom va oliy taʼlim muassasasining boshqa normativ hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bo‘limning maqsad va vazifalari:

Tijoratlashtirish boʻlimi ular uchun huquqlar oliy taʼlim muassasasiga tegishli boʻlgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati (bundan keyin – ITF) natijalarini tijoratlashtirish maqsadida tashkil qilinadi.

Bo‘limning vazifalari:

  1. Bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga talabni oʻrganish, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishning oʻz-oʻzini qoplash muddatlari, rentabelligi va bu bilan bogʻliq tavakkallarni baholash.
  2. Yuqori tijorat potensialiga ega boʻlgan va realizatsiyalashga tayyor, oʻzlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni saralab olish.
  3. Innovatsion loyihalarni realizatsiyalashga investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish.
  4. Yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish maqsadida uzluksiz taʼlim tizimidagi taʼlim muassasalari(sanoat korxonalari) bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
  5. Yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish bo’yicha xalqaro hamkorlikn yo’lga qo’yish.
  6. Innovatsion faoliyatda qonunchilikga zid boʻlmagan barcha turdagi  ta’lim, tarjima va tahrir  xizmatlarini tashkil etish.
  7. Ilmiy innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish boʻlimda tashkil etilgan markaz xodimlarga ishbay haq toʻlash, istiqbolli  ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalar mualliflarini ragʻbatlash, tuzilgan shartnomalarni  bajarilishida  eng faol ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar, xodimlarni ragʻbatlantirish, amaliyotga joriy etilgan Startap loyihalar  hamda eng koʻp mablagʻ topgan muallif  va ishtirokchilarni ragʻbatlantirish istiqbolli innovatsion ishlanmalarni yaratgan hamda joriy etilgan hamda eng koʻp  mablagʻ  topgan mualliflarini  moddiy ragʻbatlantirish.
  8. Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari, oʻquv-yordamchi va ishlab chiqarish xodimlari, doktorantlari, talabalari, shuningdek, boshqa tashkilot mutaxassislarini oʻrnatilgan tartibda byudjet va byudjetdan tashqari manbalardan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari, oliy taʼlim muassasasi tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlarga jalb qilish.
  9. Oliy taʼlim muassasasining intellektual mulk obʼektlarini huquqiy himoyalash, jumladan, intellektual mulk obʼektlarini Oʻzbekistion Respublikasi va xorijda patentlash va roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar berish.
  10. Intellektual mulk obʼektlari mualliflari bilan amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan shartnomalarni tuzishni tayyorlash va taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat.
  11. Boshqa boʻlinmalar bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasasi intellektual mulk obʼektlariga huquqlarni oʻtkazish (berish) imkoniyatlarini oʻrganish; intellektual mulk obʼektlariga huquqlarni oʻtkazishni rasmiylashtirish boʻyicha ishlar.
  12. O’zDJTU ishlanmalari va ITF natijalari haqida axborotni toʻplash, saqlash va maʼlumotlar bazasini yuritish, intellektual faoliyat natijalarini ommalashtirish va foydalanish samaradorligini monitoring qilish.
  13. ITF natijalari va innovatsion loyihalarni baholash, tahlil qilish, ilmiy-texnik, ilmiy-metodik va innovatsion potensialini ekspertiza qilish, tobora muhim va raqobatbardosh ishlanmalarni aniqlashni tashil qilish.
  14. Intellektual mulkni boshqarish, jumladan, innovatsion turkum(sikl)ning barcha bosqichlarida ITF natijalariga huquqlarni qayd qilish, taqsimlash va oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
  15. Oliy taʼlim muassasasi ilmiy jamoalarini raqobatbardosh ilmiy-texnik mahsulotni yaratish va ommalashtirishda, jumladan, intellektual faoliyat natijalarini amalda qoʻllash maqsadida xoʻjalik obʼektlarini taʼsis qilish yoʻli bilan ham, qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash.
  16. Texnologiyalar transferi, innovatsion loyihalar biznes-rejalarini tayyorlash, raqobatdagi ustunliklar va tavakkallarni baholash, ITF natijalarini huquqiy himoyalash, potensial investorlarni izlashda maslahat xizmatlari koʻrsatish.
  17. Oliy taʼlim muassasasi tomonidan tuziladigan ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish, pudrat, hamkorlikdagi faoliyat, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik haqida va intellektual mulk masalalariga taalluqli boshqa shartnomalar boʻlimlarini  tayyorlaydi va nazorat qiladi.
  18. O’zDJTU intellektual mulk obʼektlaridan notoʻgʻri (maqsadsiz) foydalanish hollarini aniqlash va rahbariyatga mazkur tartib buzishlarning oldini olish va yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan choralarni koʻrish boʻyicha takliflar kiritish, bu kabi tartib buzishlarning oldini olish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.
  19. Oliy taʼlim muassasasining intellektual mulk obektlariga mulkiy huquqlarini, shuningdek, ularning mualliflari mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoyalashga koʻmaklashadi.
  20. Oliy taʼlim muassasasi xodimlari - intellektual mulk obektlari mualliflariga ularga tegishli boʻlgan, amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni realizatsiyalashda maslahat va axborot koʻmagini berish.
  21. Oliy taʼlim muassasasi xodimlarini intellektual mulk sohasida oʻqitishni tashkil qilish.
  22. Oliy taʼlim muassasasi axborot-resurs markazining oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha normativ, metodik va patent axborotlari boʻyicha ishini muvofiqlashtiradi.
  23. Tadqiqotchilik va patent-litsenziyalash faoliyati, innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferini qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari boʻyicha O’zDJTU byudjeti loyihasiga takliflar tayyorlash.
  24. Oliy taʼlim muassasasining intellektual mulk obʼektlarini yaratish, qoʻriqlash va foydalanish bilan bogʻliq masalalarni tartibga soluvchi hujjatlarini ishlab chiqish.

 

Mamalakatimizda ilmiy faoliyatni soxtalashtirishni oldini olish, shu jumladan koʻchirmachilikka (plagiat) qarshi kurashish, zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-221-son Qarorining 2-ilovasi 21-bandi, 2020-yil 2-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisida”gi PF-6003-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-mart “Ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 133-son Qarori hamda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus talim vazirligi, Oʻzbekiston respublikasi innovasion rivojlanish vazirligining 2019 yil 16-dekabrdagi “Ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan oʻtkazish mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 18-q/q-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/3-son Qarori va boshqa amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni ijrosini bajarish hamda universitetda ilmiy faoliyatni soxtalashtirishni oldini olish, shu jumladan koʻchirmachilikka (plagiat) qarshi kurashish, olimlarning intelektual mulkka boʻlgan mualliflik xuquqlarini himoya qilish, talabalarning kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik, falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertatsiyala, ilmiy loyiha va boshqa ilmiy tadqiqot natijalarini Antiplagiat dasturida tekshirish xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼlimi tarkibida  “Study” o‘quv markazi, “Translators/Interpreters” markazi, “Forsayt” inkubatsiya va akseleratsiya markazlari va faoliyat ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, bolim huzurida “Sog'lomlashtirish klubi” tashkil etilgan.Ushbu klub ustozlarimiz va talaba qizlarimzni yanada sog‘lom va go’zal  bo‘lishlariga xizmat qiladi.

Bo‘lim faoliyati bo‘yicha va yangi tashkil etilgan xizmat turlari bo’yicha saytning e’lonlar sahifasida hamda telegram kanalida (https://t.me/UzDJTUTijoratlashtirish) tanishishingiz mumkin.                                                   

 

 

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi