Nafaqat musiqa ixlosmandlarini, balki, kitobxonlar uchun ham tadbir tashkil etildi

 

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti media va kommunikatsiya fakulteti tomonidan sohir ovoz sohibi Shuhrat Daryo, "Men asli odammas, yor edim" deya ko'pchilik qalbidan joy egallagan shoir Shuhrat Orif hamda ajoyib tarjimon, betakror adiba Nodirabegim Ibrohimovalar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Nodirabegim Ibrohimova tomonidan tarjima qilingan "Alanga ichidagi ayol"asari taqdimoti bo'lib o'tdi. Shuning bilan birga, "Factor press" kitob do'konining yarmarkasi tashkil etildi.

Uchrashuv kulminatsiyasida musiqa ixlosmandlari uchun Shuhrat Daryo dilga yaqin navolari bilan barchani xushnud etgan bo‘lsa, shoir Shuhrat Orif o‘z sherlari bilan davraga o‘zgacha ruh baxsh etdi.

 

O'zDJTU rasmiy telegram kanali

Наши партнеры
Карта сайта