07 fevral kuni universitet Muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda muvofiqlashtiruvchi Kengash tarkibidagi ixtisoslik Kengashlarining barcha aʼzolari ishtirok etishdi.
Yigʻilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-4958-sonli farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlashga koʻmak berish, izlanuvchilarga ilmiy va oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatish, ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ilmiy adabiyotlar yaratish va ularni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek dissertatsiya mavzularini muhokama qilish va shundan soʻng universitet Kengashiga tavsiya etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.
Unda soʻz olgan universitet rektori I.Tuxtasinov muvofiqlashtiruvchi Kengashning tarkibi, aʼzolari va nizomini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Yigʻilish kun tartibidagi boshqa masalalar xususida yigʻilish ishtirokchilari oʻz taklif va tavsiyalarini berishdi.
2024-02-09 06-35