Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida  1 oktabr – Oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bagʻishlab “Mehnati elda aziz ustozim” deb nomlangan maʼdaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni ochib berish uchun soʻzga chiqgan universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov avvalo barcha

professor-oʻqituvchilar va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. Vazifasini masʼuliyat bilan ado etayotgan  mashaqqatli kasb egalariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Shundan soʻng universitetda ishlab, butun umrini taʼlimga baxshida etgan faxriy ustozlar bilan uchrashib, ularga esdalik sovgʻalar ulashildi.  

Tadbir davomida xalqimizning taniqli sanʼatkorlari ham ishtirok etdi. Ular ishtirokidagi kuy qoʻshiq va raqslar namoyish qilindi. Universitet talabalari ham oʻzlarining chiqishlari bilan qatnashib, ustozlarining mehnatidan minnatdorligini bildirishdi.

Shuningdek, tadbir davomida bu yil “Oliy ta'lim a'lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarga koʻkrak nishonlari taqdim etildi. Tadbir soʻngida universitetda faoliyat olib borayotgan barcha fidoyi ustozlar uchun bayram dasturxoni yozildi.

2023-09-29 04-30

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi