12-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi.
Tadbirni ochib berish uchun universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov soʻzga chiqdi hamda universitetda faoliyat olib borayotgan barcha professor-oʻqituvchilar hamda talaba yigitlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, tadbir davomida universitet rahbari 2023-yil davomida amalga oshirilgan islohotlar haqida gapirib, 2023 yilda erishilgan eng yaxshi yutuqlarni sarhisob qildi.
Tadbirda taniqli sanʼatkorlar va xonandalar ishtirok etib, oʻz kuy qoʻshiqlari va chiqishlari namoyish qilishdi.
Shuningdek, 2023-yil davomida, OʻzDJTUning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarini amalga oshirishda boshqalarga koʻrsatgan namunasi va faolligi uchun bir guruh prorektorlar, boʻlim boshliqlari, kafedra mudirlari, tyutorlar, komendant va tarbiyachilar hamda universitet texnik xodimlari tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
2024-01-12 10-03