18 nafar magistr Prezident davlat stipendiyasiga munosib koʻrildi. 

Tanlov komissiyasi bayonnomalariga asosan, 2023/2024-oʻquv yilida magistratura bosqichi uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining 18 nafar magistr-talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga munosib deb topildi (ro‘yxat ilovada).

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti Shahzod Abdullayev ham Tillar tanlov yo'nalishi bo'yicha Prezident davlat stipendiyasi sohibi bo'ldi. 

Prezident stipendiyasi talabalarga 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga (https://lex.uz/docs/-4725554#-4728026) qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.

Shuningdek, sovrindor boʻlgan talabalarning ilmiy rahbarlari ham belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantiriladi.

Universitet jamoasi Shahzod Abdullayevni bu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida zafarlar tilaydi.

2024-01-05 04-53

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi