29 sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga “Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” vakillari tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida  “Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” bilan OʻzDJTU oʻrtasida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

“Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” tomonidan nashr etilayotgan adabiyotlarni targʻib qilish maqsadida tuzilgan  Memorandumga koʻra, endilikda yangi nashr etilgan kitoblarga oid ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar, prezentatsiyalar tashkil etishga  kelishib olindi.

Shuningdek, nashr jarayonida bevosita ishtirok etish, jarayonlar bilan tanishish ham koʻzda tutilgan.

2023-11-29 04-26

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi