#oʻz_maqsadlaringni_bil

O’zbekiston davlat Jahon tillari universitetida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida  “Besh tashabuss” doirasida turli xil tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Ingliz tili 3-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi X.Nishonova va tyutorlar tomonidan talabalarga pazandachilik sirlarini o'rgatish maqsadida o'zbek milliy taomlari tayyorlandi va "Bo’g'irsoq pishirish " musoboqasi  tashkil etildi.

Tadbir davomida Samarqandcha milliy taom hisoblangan “Osh” tayyorlandi va ishtirokchi talabalarga tarqatildi. 

Musoboqa g‘oliblari quyidagi tartibda tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi:

1-o’rin — Salinboyeva Dilafruz (2308guruh);
2-o’rin —Abdullayeva Xurshida  (2314-guruh);
3-o’rin — Abdusalomova Gulshoda (2330guruh)

2024-01-22 04-24

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi