Bugun, Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan biz siz bilan  ilhomlantiruvchi voqeani baham ko'rmoqchimiz. 

Bugun “Ekolog” jamoat birlashmasi, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi va O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Media va kommunikatsiya fakulteti hamkorligida “Qatortol” ko’chasida plogging  aksiyasi tashkillashtirildi. 

Talabalardan tortib, tabiatsevarlar,ijtimoiy-ma’suliyati kuchli ekovolontyorlar bugun chinakam eko-qahramonga aylanib,ko’chadagi barchaga o‘rnak bo‘ldi. 

Ishtirokchilar juda ko'plab chiqindilarni yig'ib, shahrimizning  eng gavjum “Qatortol”  ko’chasining tozaligiga o’z hissasini qo’shdi.

Bugungi plogging ishtirokchilariga fidoyiliklari va ishtiyoqlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu aksiyadagi ishtirokingiz har birimiz dunyodagi ijobiy o‘zgarishlarning bir qismi bo‘la olishimizdan dalolat beradi.

Ekoko‘ngillilar namunasidan ilhomlanib, sayyoramiz ozodaligi va salomatligi uchun “Ekolog” jamoat birlashmasi safiga qo‘shiling. Birgalikda biz ko'p ishlar qila olamiz!

2023-09-16 06-00

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi