O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Аxborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi dotsenti Beruniy Аlimov Mugʼuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida 23-24-aprel kunlari boʼlib oʼtgan “Mavjud raqamli axborot muhiti buzilishining muammosini hal etish: Terrorchi va zo'ravon ekstremistlar tomonidan Internetdan foydalanishga qarshi kurash” mavzusidagi mintaqaviy anjumanda ishtirok etdi va “Aholining media va axborot savodxonligini oshirish orqali ekstremizm va radikalizmning oldini olish: O'zbekistondagi media NNT tajribasi” maruza qildi.
2-may kuni “Аxborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi”da shu mavzuda davra suhbati tashkil qilindi.
Anjuman doirasida sunʼiy intellekt, xususan, jurnalistikada yuzaga kelayotgan fake xabarlar, kiberhujumlar haqida xorij mutaxassislarining fikr-mulohazalari, maʼlumotlari haqida gapirib oʻtildi.
Suhbat yakunida, Fakultet dekani Amrullo Karimov bu kabi xalqaro doiradagi konferensiyalar taʼlim sifatini oshirishda alohida ahamiyat kasb etishi, fakultet professor-oʻqituvchilarining xalqaro maydonda orttirayotgan tajribalari haqida toʻxtalib oʻtdi.
2024-05-03 05-50