Xabaringiz bor, ayni kunlarda P.Joʻrayev boshchiligidagi delegatsiya Ispaniyada xizmat safarida boʻlib turibdi.
Avvalroq delegatsiyamizning Xaen universiteti bilan shartnoma imzolaganligi hamda ushbu universitetda bir qator tadbirlarda ishtirok etgani hamda universitetimiz taqdimotini oʻtkazgani haqida xabar bergan edik.
Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov va dekan muovini A.Xalillayevlar hamrohlik qilayotgan ushbu delegatsiya 29-may sanasida Xaen universitetining Zamonaviy tillar oʻqitish metodikasi markazi direktori Dr.Xoakin Manuel Kruz Trapero bilan uchrashuvda ishtirok etdi.
Muzokara jarayonida markaz tomonidan DELE va SIELE kabi ispan tili xalqaro sertifikatlar imtihonlarini oʻtkazishda hamda universitetimiz talabalari uchun ispan tilini oʻrganish masalasida maxsus kurslarni tashkil qilishda yaqindan yordam berish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
2024-05-30 04-53