21-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi dissertatsiyasi himoyasiga oid Ilmiy kengash majlisi boʻlib oʻtdi. 

Unda Mamatkulova Saidaxon Shukurjonovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi boʻyicha “Ingliz tilida so‘z va gaplarni qo‘llashda grammatik normadan chetga chiqishlar lingvistik muammo sifatida” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi boʻlib oʻtdi. 

Majlis offline va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, majlis aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

2024-08-22 03-57

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi