“Dolzarb 90 kun” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
27-iyun kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakultetining Ingliz tilini o'qitish metodikasi №2 kafedrasi katta o'qituvchisi Nargiza Rahmatova tomonidan iqtidorli talaba yoshlar uchun "The role of research topic" mavzusida ilmiy to'garak o'tkazildi.
Dastur davomida tadqiqot ishining dolzarbligi, ahamiyati, yangiligi, ilmiy-amaliy tajribalarni amalga oshirish, mavzuga qaratiladigan e’tibor, zarur adabiyotlar toʻplamlari, oʻtkaziladigan soʻrovnomalar kabi masalalar boʻyicha qimmatli tavsiyalar taqdim etildi.
Yakunda talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.