O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom12-bandiga asosan saylash muddati tamom bo‘ladigan quyidagi lavozimlarni egallashga tanlov e’lon qiladi:
- Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2” kafedrasi professori – 1 ta
- “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2” kafedrasi dotsenti – 1 ta
- “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti – 1 ta
- “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri – 1 ta
- “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi dotsenti – 1 ta
Tanlov muddati – e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy.
Tanlovda qatnashish uchun talabgor tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- Rektor nomiga ariza;
- Ishlovchining shaxsiy varaqasi;
- Ma’lumoti, ilmiy daraja, ilmiy unvoni haqidagi diplom nusxalari;
- Pasport nusxasi;
- Ilmiy ishlar ro‘yxati (fakultet ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan holda);
- Malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, G-9a mavzesi, Kichik Xalqa yo‘li ko‘chasi, 21-uy. Telefon: 71 230-13-62 (ichki raqam 1046)